O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə178/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Oliy Sovet Rayosatining 1990-yil 27-yanvar farmoni va O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasining «Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida» 1990-yil 27-yanvar qarori bilan tashkil etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini - maktabgacha va o‘rta umumiy ta’limni to‘la ko‘lamli rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003-yil 9- dekabrdagi farmonini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillash- tirish to‘g‘risida bir nechta qarorlar qabul qildi. Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004-yil 5-avgust qarori bilan O‘zbekiston Respub- likasi Xalq ta’limi vazirligining Nizomi tasdiqlangan. Bundan tashqari mazkur Qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgust va 2006-yil 2-oktabr qarorlaria muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi davlat bosh- qaruv organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konsti- tutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbe- iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va far- moyishlariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, shuningdek vazirlik Nizomiga amal qiladi.
Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari hamda idoraviy mansub boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlari ikki tomonlama bo‘ysunishda bo‘ladilar va Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga hisob beradilar.
Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatiga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • ta’lim sohasidai davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;

  • ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;

  • ta’lim muassasalarini akkreditatsiya qilish, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;

  • boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;

  • davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash;

  • davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumotlar to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;

  • davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini belgilash;

  • davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;

  • ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasalaridan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.


Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin