O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Mudofaa sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə186/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

1-§. Mudofaa sohasini boshqarish


Mudofaa sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi 1991-yil 31-avgust qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi to‘g‘risida»gi 1995-yil 30-avgust qarori, O‘zbekiston Respubli- kasining «Mudofaa to‘g‘risida»gi (yangi tahrirdagi) 2001-yil 11- may qonuni va «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘ri- sida»gi (yangi tahrirdagi) 2002-yil 12-dekabr qonunlariga asosan amalga oshiriladi.
«Ma’lumki, davlatning mudofaa qobiliyati uning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’naviy imkoniyatlaridan tarkib topadi. Bu sohada biz yuritadigan siyosatning asosi Oliy Majlis tomonidan jamiyatimiz barcha qatlamlarining keng va har tomonlama muho- kamasidan so‘ng qabul qilingan harbiy doktrinada mustahkamlab qo‘yilgan. Xalqimiz uning mudofaa xususiyatini hamda unga asos bo‘lgan qoidalarni ma’qulladi. Bu eng avvalo, kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish, mudofaa qobiliyatini oqilona darajada saqlab turish, xalqaro huquq qoidalari va normalariga og‘ishmay rioya etish majburiyatlarini qabul qilish, xalqaro bitimlar bo‘yicha o‘z zimmamizga olgan majburiyatlarni bajarish va shu kabilardir»1 .
O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining negizini tashkil etadi va milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib,




1KapumoвИ.А. ¤çáåkèñòîí XXI аñð áуñа²аñèда: õаâôñèçлèkkа òаµдèд, áаð³аðîðлèk øаðòлаðè âа òаðа³³èëò kаôîлаòлаðè. – T., 1997. – 162-163-á.
tashqi siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasida: davlati- mizning o‘z mustaqilligini e’lon qilib, o‘zining ma’naviy hamda intellektual qadriyatlarini tiklash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub o‘zgarishlarni amalga oshirishi; uning huquqiy, demokratik va dunyoviy jamiyat qurish yo‘lidan borayotganligi; o‘tkazilayotgan demokratik islohotlarni amalda ro‘yobga chiqarishda jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlash va davlat xavfsizligini puxta ta’minlashning O‘zbekiston uchun hayotiy zarurligi; O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlatlar va xalqaro muno- sabatlarning subyekti sifatida o‘zi mudofaa siyosatida barcha mamla- katlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligi hamda davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini hurmat qilish
prinsiðlariga asoslanishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunining asosiy vazifasi — mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishti- rokini aniqlab beradi.
Mudofaa deganda - O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch, osoyishta hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy- huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushu- niladi.
Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiðlari quyidagilardan iborat:

  • boshqa davlatga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tajovuzning oldini olish va uni daf etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tegishli shartnomalar bilan bog‘langan davlatlarga yordam ko‘r- satish hollari bundan mustasno;

  • xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimlarida ishtirok etish;

  • harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;

  • harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojaro- larning xususiyatiga monand bo‘lishi;

  • yadroviy va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, olishni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;

  • Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hudud- ning tajovuzni daf etishga doim shay turishi;

  • mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi;

  • harbiy xizmat sharafli ekanligini ta’minlash. Mudofaani tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga:

  • tajovuzning oldini olish va qaytarishga, O‘zbekiston Res- publikasiga qaratilgan har qanday tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga doir zarur sharoitlar yaratish;

  • mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomil- lashtirish;

  • mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash;

  • harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo‘lgan aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish;

  • O‘zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish;

  • Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi;

  • Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol- yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol- mulklar, oziq-ovqat, boshqa moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini vujudga keltirish;

  • Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish;

  • mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo‘na- lishdagi chora-tadbirlarni ko‘rish;

  • aholini va hududni mudofaaga tayyorlash;

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoyalanishini ta’minlash;

  • aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan obyektlarni yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o‘tkazish;

  • Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona- lar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek aholining safar- barlik tayyorgarligi;

  • davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish;

  • mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’rifiy, harbiy- sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish;

  • aholini ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash;

  • mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari — urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlash- malar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy

tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markaz- lashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.
Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi.
Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi «Mudofaa to‘g‘risida»gi (yangi
tahrirdagi) qonunining 7-moddasiga asosan mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni amalga oshiradi.
Urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri bir paytning o‘zida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o‘z bo‘ysunuvida Qurolli Kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradilar.
Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor rahbarlikni Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabining boshlig‘i amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mudofaa sohasida quyidagi vakolatlarga ega:

  • O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosati va harbiy qurilishining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • davlat boshqaruv organlarining mudofaa sohasidagi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati ta’minla- nishi, uning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

  • Qurolli Kuchlarni qurish, qo‘llash va rivojlantirish rejala- rini, shuningdek mudofaani tashkil etish yuzasidan davlatning boshqa reja va dasturlarini tasdiqlaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarining tinchlik va urush davriga mo‘ljallangan tuzilishi, tarkibi va joylashuvini tasdiqlaydi;

  • harbiy harakatlar olib borish to‘g‘risida, shu jumladan xalqaro tinchlikparvarlik tadbirlarida qatnashish hamda Qurolli Kuchlarni o‘zlariga bevosita taalluqli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va Qurolli Kuchlarga buyruq beradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma

majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi;

  • Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi;

  • harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sonini, ularning harbiy va muqobil xizmatni o‘tash tartibini, harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni harbiy hisobga olish ishining yuritilish tarti- bini, mudofaa va Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘- lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining normalari hamda hajmini belgilaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga chaqirish, muddatli xizmat harbiy xizmatchilarini zaxiraga bo‘shatish to‘g‘risida, shuningdek harbiy xizmatga majburlarni chaqiruv rezervini harbiy yig‘inlarga chaqirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, fuqarolarni safarbarlik bo‘yicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlikdan bo‘shatish to‘g‘risida farmonlar chiqaradi;

  • mamlakat iqtisodiyotining safarbarlik tayyorgarligi, shu- ningdek safarbarlik va strategik davlat zaxiralarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi;

  • harbiy oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassa- salarini, oliy ta’lim muassasalari qoshidagi harbiy ta’lim fakultet- larini, shuningdek harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlarini (harbiy kafedralar yoki sikllarni) tashkil etadi, qayta tashkil etadi hamda tugatadi va hokazo.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida»gi 1991-yil 6-sentabr farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligiga aylantirish to‘g‘risida»gi 1992-yil 3-iyul farmonlariga asosan tashkil etilgan bo‘lib, vazirlik nizomi va tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabr
qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabr farmoni bilan Mudofaa vazirligining tuzilmasi va nizomlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Mudofaa vazirligi o‘z tasarrufidagi qo‘shinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shin- larining zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va moddiy- texnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik kengayti- rilishini, chaqiruvning va Qurolli Kuchlar kadrlari tayyorlashning tashkil etilishini ta’minlaydi va hokazo.
Mudofaa vazirligi — Qurolli Kuchlarda mudofaa sohasidagi va harbiy qurilish jabhasidagi davlat siyosati o‘tkazishni ta’minlaydi; mudofaa, Qurolli Kuchlarni tuzish va rivojlantirish rejalari va konsepsiyalarining, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikani rivojlanti- rish rejalari va konsepsiyalarining, qurol-yarog‘lar va harbiy texnikani rivojlantirish davlat dasturi loyihalarini, mudofaa ehti- yojlariga pul ajratishga doir takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi; vazirlik harbiy qurilish sohasida ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yadi va olib boradi; harbiy texnika va boshqa harbiy ashyolar yaratish, ishlab chiqarish va sozlashga oid davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi; Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibi bilan harbiy, huquqiy, axloqiy tarbiya, shuningdek, ma’naviy-psixologik tay- yorgarlik, harbiy kadrlarni joy-joyiga qo‘yish ishlarini olib boradi; harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga pensiyalar to‘lanishini, harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining shaxsiy huquq va erkinliklari himoyasini amaldagi qonunlarga muvofiq ta’minlaydi; aholining safarbarlik darajasida tayyorgarligini tashkil etishda ishtirok etadi.
Mudofaa vazirligi o‘z asosiy vazifalarini bajarish uchun:

  • respublika hududida qo‘shin safarbarligini o‘tkazishga tayyorgarlikni, respublika mudofaasi manfaatlari yo‘lida iqtisodiyot sohasidagi resurslarini hisobga olishni, respublika iqtisodiyot sohasi uchun kadrlarni band qilishni ta’minlaydi;

  • Qurolli Kuchlarni komplektlaydi, uni o‘qitishni va jangovar tayyorgarlikni ta’minlashni tashkil etadi;

  • tinchlik va urush davrida respublikada fuqaro mudofaasi bo‘yicha bashorat loyihalarini ishlab chiqadi, fuqaro mudofaasi

moddiy-texnika bazasining ko‘payishi va rivojlanishini, tinchlik va urush davrida favqulodda holatlarda fuqaro mudofaasining harakatga tayyor holda turishini ta’minlaydi;

  • harbiy bilim yurtlarini komplektlash bilan shug‘ullanadi, oliy o‘quv yurtlari harbiy kafedralarining, harbiy tayyorgarlik kuchaytirilgan maktablarning faoliyatini yo‘naltirib boradi;

  • muqobil xizmatni tashkil etish masalalarini hal qiladi;

  • urush qatnashchilariga, Qurolli Kuchlar faxriylariga, baynalmilalchi jangchilarga imtiyozlar berish ustidan nazorat olib boradi;

  • respublikaning harbiy qismlari, harbiy idoralari va muassa- salari faoliyatini nazorat qiladi;

  • respublikada joylashadigan harbiy qismlardagi shaxsiy tarkibning xizmat va jangovar tayyorgarligining hamda intizomining yuksak darajada bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;

  • chaqiriqni rejalashtiradi hamda chaqiriluvchilarni qo‘shin turlari va xillari bo‘yicha taqsimlaydi;

  • Qurolli Kuchlar saflariga fuqarolarni chaqirishni tashkil etishda chaqiruv komissiyalariga yordam beradi va nazoratni amalga oshiradi;

  • harbiy xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni, ularga va ularning oila a’zolariga imtiyozlar berish ustidan nazoratni ta’minlaydi;

  • Qurolli Kuchlar uchun maxsus kishilarni tayyorlash bo‘yi- cha ishlarni yo‘naltirib boradi;

  • harbiy ta’lim olgan xizmatchilar, resurslarining to‘plani- shini, harbiy xizmatga majbur zaxiradagilarni, chaqiruv rezervini o‘qitishni va qayta tayyorlashni tashkil etadi;

  • respublika o‘quv yurtlarida yoshlarni boshlang‘ich harbiy tayyorlashga rahbarlik qiladi;

  • aholini, ayniqsa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

  • harbiy qismlardagi hodisalar to‘g‘risidagi xabarlar va ma’lumotlarni joylarda ko‘rib chiqishda bevosita qatnashadi va boshqa funksiyalarni amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tayinlaydigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadigan vazir boshchilik qiladi.
Vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasi tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida xizmatni o‘tovchi soldatlar, serjantlar, ofitserlar va generallar Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining barcha huquqlari va imtiyoz- laridan foydalanadilar.
Mudofaa vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mudofaa ishlari boshqarmalari, tumanlarda mudofaa ishlari bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi.
Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi — O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo‘mondonlik organi hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi:

  • milliy harbiy strategiya, Qurolli Kuchlar qurilishi va rivojlantirilishining konseptual asoslarini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘ladi;

  • Qurolli Kuchlarni, harbiy okruglarni, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy tuzilmalarini tezkor-strategik boshqarishning bosh organi vazifasini bajaradi;

  • qo‘shinlarning jangovar harakatlari strategik jihatdan va tezkor rejalashtirilishini hamda ularga rahbarlikni amalga oshiradi;

  • qo‘shinlarning tezkor va jangovar tayyorgarligi, qo‘shin- larni qo‘llash shakl va usullariga ko‘nikma hosil qilishi, ularning tashkiliy-shtat tuzilishiga doir tadbir-choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

  • o‘z vakolatlari doirasida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan, Qurolli Kuchlar qo‘shinlarining shakl va turi, birlashmalari, qo‘shilmalari va bo‘linmalarining qo‘mon- donlari tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan direktivalar va buyruqlar chiqaradi va hokazo.

Harbiy okrug — operatsion yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi
asosiy harbiy-ma’muriy birlik hamda umumqo‘shin tezkor-strategik hududiy birlashmasidir.
Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladilar.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq mamlakat mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar va safarbarlik tayyorgarligini, shuningdek jangovar qobiliyatini ta’minlashda qatnashadilar hamda zimmalariga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.
Harbiy okruglar harbiy buyurtmalarni bajaruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mudofaa ehtiyojlariga zarur bo‘lgan mahsulotlar yetkazib berilishi, tarmoqning safarbarlik tayyorgarligi uchun mas’uldirlar, ular safarbarlik tayyorgarligi rejasiga muvofiq tarmoqning urush davrida barqaror ishlashini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasida beshta Harbiy okrug bo‘lib, ular: Shimoliy-g‘arbiy Harbiy okrugi (Qoraqalpog‘iston Respub- likasi, Xorazm viloyati hududlari), okrug shtabi Nukus shahrida; Janubiy-g‘arbiy maxsus Harbiy okrugi (Buxoro, Navoiy,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining hududlari), okrug shtabi Qarshi shahrida;
Markaziy Harbiy okrug (Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining hududlari), okrug shtabi Jizzax shahrida;
Toshkent Harbiy okrugi (Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududlari), okrug shtabi Toshkent shahrida;
Sharqiy Harbiy okrug (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining hududlari), okrug shtabi Marg‘ilon shahrida joy- lashgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunining maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni o‘tashi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Umumiy harbiy majburiyatning mazmuni — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishdan iborat bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarini to‘ldirish va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
«Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqaro- lari, xususan:

  • harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar;

  • haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar — harbiy xizmatchilar; Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar —

harbiy xizmatga majburlar;

  • turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, shu jumladan iste’fodagi shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.

Haqiqiy harbiy xizmat — chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hudu- dida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Res- publikasining xalqi va Prezidentiga sodiqlik to‘g‘risida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Muqaddam Harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majbur fuqarolar harbiy yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shu kabi boshqa organlariga xizmatga kirish taqiqlanadi.
Harbiy xizmat - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.
Harbiy xizmatning quyidagi turlari joriy etiladi:

  • muddatli harbiy xizmat;

  • safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;

  • kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati.

Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin