O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə76/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish – ma’muriy jazoning turi sifatida faqat ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyolar uchungina tatbiq etiladi. Mazkur ma’muriy jazo chorasi MJTKning 27-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish — shu ashyoning haqini to‘lamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat.
Mazkur musodara qilish chorasi:

  1. tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidan;

  2. bojxona organlari tomonidan – aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni O‘zbekiston Res- publikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda;

  3. soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokura- turasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan – aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlangan- da, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda qo‘llaniladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, faqat huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lgan ashyogina musodara qilinishi mumkin. Kontrabanda ashyolari egasi kim bo‘lishidan qatyi nazar, musodara qilinadi.
Musodara qilish chorasining qo‘llanish tartibi, musodara qilish mumkin bo‘lmagan buyumlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respub- likasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa qonunlari bilan belgilanadi.
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni, boshqa ov qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan musodara qilish jazo chorasini quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan:
Asosiy ma’muriy jazo chorasi sifatida. Qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi sifatida:

    1. musodara qilinishi shart bo‘lgan holatlar;

    2. ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) tomoni- dan vakolati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan holatlar;

v) ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) tomoni- dan vakolati doirasida haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish jazosining o‘rniga muqobil ravishda musodara jazo chorasini qo‘llashi mumkin bo‘lgan holatlar (MJTK 142-m. 2-q.);
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 337-339-moddalariga muvofiq, ma’muriy huquqbu- zarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respub- likasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlari sud ijrochilari tomonidan ijro etiladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan musodara qilingan narsani sotish va yo‘q qilib tashlash amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan narsani yoki bevosita ma’muriy huquqbuzarlik narsasini musodara qilish to‘g‘risidagi qaror ijro etilganidan so‘ng sud ijrochisi ijro ishi yuritishni tamomlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va uning bir nusxasi quyidagilarga yuboriladi.
uni chiqargan ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga; O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayot-
gan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan bojxona organining mansabdor shaxsiga;
saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsu- lotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaxsiga.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin