Sanitariya qonun hujjatlarini buzish (53-m.). Sanitariya qonunchilik hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslar- ga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar jamoat xavfsizligiga, tabiiy muhit obyektlariga (atmosfera havosidan tashqari), aholining sog‘lig‘iga, mehnat va dam olish sharoitlariga tajovuz qiladi.
Shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun qanday sanita- riya-gigiyena qoidalari buzilganligini aniqlab olish zarur. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq davlat sanitariya-gigiyena normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklangan. Boshqa qoidalar va normalar manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan sani- tariya-gigiyena xizmati organlari va muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Bu qoidalar sanoatning ayrim tarmoqlariga, shu- ningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga ham tatbiq etiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya etilishini nazorat qilishni sanitariya-gigiyena xizmati organlari, temir yo‘l, fuqaro aviatsiyasi kompaniyalari, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi obyektlarida, Mudofaa vazirligining harbiy shaharchalari va o‘quv markazlari hududida joylashgan obyektlarda ko‘rsatib o‘tilgan
vazirliklar va idoralar tibbiy xizmatlari amalga oshiradi.
Mazkur modda bo‘yicha javobgarlik sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi atmosfera havosini saqlash qoidalarining buzilishiga sabab bo‘lmagan paytda boshlanadi. Aks holda MJTKning 85—88-moddalari bo‘yicha javobgarlik boshlanadi.
Obyektiv tomondan qaraganda huquqbuzarlik yo faol harakat- larda yoki harakatsizlikda ifodalanadi, bunda shaxs belgilangan qoidalarni bajarish lozim bo‘lgani holda, ularni bajarishdan bila turib bosh tortgan bo‘ladi.
Xatti-harakatning subyektiv tomoni shaxsning ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarni bila turib buzishida va qandaydir oqibatlarning boshlanishiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan qaraganligida ifodalanadi.
Huquqbuzarlikning subyekti sanitariya-gigiyena qoidalari va normalariga rioya qilinishiga javobgar bo‘lgan mansabdor shaxslar ham, shuningdek, bu qoidalarni buzgan fuqarolar ham bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni zimmasiga davlat sanitariya nazorati yuklangan organlar ko‘rib chiqadilar ( MJTKning 250–252, 257, 258- moddalari).