§. Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
Bu turdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 52–59-moddalarida nazarda tutilgan. Shulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Yengiltanjarohatiyetkazish(52-m.). Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish, — eng kam ish haqining bir barava- ridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddatli yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa,
eng kam ish haqining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish quyidagi hollarda sodir bo‘ladi:
harakat ehtiyotsizlik bilan sodir etilganligi va jabrlanuv- chining sog‘lig‘iga zarar yetkazganligi, bunga huquqbuzarning oldindan ko‘zi yetmagan, holbuki, u zarar yetkazilishi mumkin- ligiga oldindan ko‘zi yetishi lozim va mumkin edi, lekin u zarar yetkazilishiga oldindan ko‘zi yetgan bo‘lsa ham yengiltaklik bilan uni bartaraf etish mumkinligiga ishongan bo‘lsa;
huquqbuzar o‘z xatti-harakati bilan yetkazilgan zarar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lsa.
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish — bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan huquqbuzarlikdir.
Badanga yetkazilgan tan jarohatini yengil jarohat deb topish uchun uning yetkazilgan vaqtda hayot uchun xavfli bo‘lmagani va
sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyati- ning uncha ko‘p davom etmaydigan tarzda yo‘qotishga olib kelmaganini aniqlash lozim.
Sog‘liqning yomonlashuvi muddati va mehnat qobiliyatining qay darajada yo‘qotilganligi masalasini tibbiy guvohlik berish xulosasini hisobga olgan holda ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya hal qiladi.
Sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan qasddan yengil tan jarohati yetkazishga birmuncha tez o‘tib ketadigan shikastlanishlar kiradi.
Yengil tan jarohati yetkazgan huquqbuzarning harakatlari zarur mudofaa chegaralaridan chetga chiqqan taqdirda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi, chunki ular himoyalanuvchining zarur mudofaa chorasini qo‘llanishi oqibati sifatida qonunda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan holat tarzida nazarda tutilmagan.
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, basharti bu harakatlar jamoat tartibini buzishga olib kelmagan yoki jamiyatni hurmat qilmaslikni ifodalamagan bo‘lsa, bezorilik deb baholanishi mumkin emas.
Mazkur huquqbuzarlik obyekti fuqarolarning sog‘lig‘idir.
Huquqbuzarlik tarkibining obyektivtomoniyengil tan jarohati yetkazish harakatini nazarda tutadi.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni ham ehtiyotsizlik orqasi- da, ham qasddan yengil tan jarohati yetkazilganligidir.
Huquqbuzarlikning subyekti huquqbuzarlik sodir etilgan paytda 16 yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi.
Xuddi shunday xatti-harakatlar uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan qasddan yengil tan jarohati yetkazilishi JK 109-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Kodeks 52-moddasining 1 va 2-qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbazarliklar bo‘yicha ishlar tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.