O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talabla- rini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsa- tish(196



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə112/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talabla- rini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsa- tish(1961-m.). Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq harakatlarni to‘xtatish, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik

  • eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslikka har qanday ko‘rinishda omma oldida da’vat etish, ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirmalar tarqatish yo‘li bilan chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘z qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik ko‘rsatish, xuddi shuningdek chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining huquqbuzarliklarni to‘xtatish haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning 1 yoki 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish (1971-m.). Advokat so‘roviga javob taqdim etmaslikda ifodalangan advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish - eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin