O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə108/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (188-m.). Voyaga yetmagan shaxsni tilamchilikka, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyovandlik yoki psixotrop hisob- lanmagan, lekin kishining aql-idrokiga, irodasiga ta’sir qiladigan
moddalar yoki vositalarni iste’mol etishga jalb qilish — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish(1881-m.). Voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish — eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pornografik mazmundagi materiallarni tarqatish (189-m.). Pornografik mazmundagi asarlar, bosma nashrlar, ashyolarning tasvirlari, kino-video filmlar, teleradio dasturlar, video va ovoz yozuvli materiallar, kino-foto materiallar va boshqa mahsulotlarni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish — mazkur materiallarni, shuningdek ularni tayyorlash va tarqatish vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining qirq baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlikning ijtimoiy zarari jamoat tartibiga qasd qilishi, jamiyatga, ayniqsa, yoshlarga ta’sir ko‘rsatishi bilan belgilanadi, jinsiy munosabatlar sohasida ideal va axloqiy tamo- yillarni yo‘qotishga olib keladi. Pornografiya deyilganda, odatda, nosog‘lom jinsiy hissiyot uyg‘otish maqsadida jinsiy hayotni qo‘pol naturalistik tarzda beadablik bilan, uyatsizlarcha tasvirlovchi asarlar, nashrlar, materiallar tushuniladi. Bunda uchta vaziyatni hisobga olish lozim:

    • pornografik xususiyatiga ko‘ra jinsiy hayotni ta’riflash va tasvirlash;

    • shakli bo‘yicha qo‘pol, behayo, nojo‘ya ekanligi;

    • nosog‘lom jinsiy hissiyot uyg‘otishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Nasriy yoki she’riy usuldagi asarlar, ko‘lyozmalar va ko‘payti- rilgan tasvirlar (kartina, rasm, haykaltaroshlik, fotosurat, kino- filmlar, shuningdek, plastinkalar, magnitofon yozuvlari va hoka- zolar) pornografiya ashyolari bo‘lishi mumkin.
Biroq san’at asarlarini shahvoniy motiv va pornografik maz- mundagi mahsulotlardan farklay bilish kerak. San’atdan shahvat- parastlikni chiqarib tashlash faqat noto‘g‘rigina emas, balki zararli
hisoblanadi, chunki seksual ishqibozlik va shahvoniy hissiyot yomon, yaramas, estetik fazilatlardan xoli degan noto‘g‘ri tasavvurni yuzaga keltiradi. San’atni bunday yerga urish insoniy seksual aloqalar nafosatini his etishni o‘tmaslashtirib qo‘yadi. Shuni ham nazarda tutmoq kerakki, shahvoniy san’at, hatto naturalizm unsurlariga ega bo‘lsa ham, hali u pornografiya emas. San’at asarini belgilashda va uni pornografiyadan chegaralashda:

    • asarning g‘oyaviy yo‘nalishini;

    • ijtimoiy ahamiyati va foydasini;

    • shaklning mazmunga mosligini hisobga olish kerak. Asarning adabiy, tasviriy xususiyatiga baho berishda adabiyot-

shunoslik, san’atshunoslik ekspertizasi yordamiga suyaniladi. Pornografik asar sifatida baho berilganida uning bajarilish mahorati va shaklidan qatyi nazar, mazmuniga asoslaniladi.
Tarqalish va savdo qilish maqsadida pornografik ashyo tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, saqlash ushbu xuquqbu- zarlikning obyektiv tomoni hisoblanadi. Tayyorlash pornografik asarni to‘la yoki qisman (matnini tuzish, rasm chizish, pornografik mazmundagi kino va fotosurat asari) yaratish demakdir. Suratga olish, rasm chizishda ma’lum bir vaziyatda turishga ham pornografiyani tayyorlashda qatnashish sifatida qarash kerak. Pornografik rasmlarni fotosuratga tushirishni, pornografik matn- larni ko‘paytiruvchi apparatlarda ko‘paytirishni ham pornografiya tayyorlash toifasiga kiritish lozim. Pornografik ashyolarni reklama qilish boshqa shaxslarga ularni ko‘rsatish, shuningdek, pornografiyani tarqatuvchi shaxs haqida, pornografiya bilan tani- shish mumkin bo‘lgan joy haqida va pornografik ashyolarning mazmuni haqida og‘zaki, yozma yoki bosma shakldagi e’lonlardir. Agar uni tarqatish maqsadida saqlab turilgan bo‘lsa, uni saqlash, deb tan olinadi. Pornografik ashyolar faqat shaxsiy foydalanish uchun saqlab turilsa, javobgarlikka tortilmaydi.
16 yoshga yetgan, qonun oldida javob beradigan shaxs ushbu huquqbuzarlikning subyektidir.
Huquqbuzarliknint subyektiv tomoni bevosita qasd sifatida tavsiflanadi. Subyekt o‘zi tayyorlagan yoki tarqatgan «asar»lar pornografik xususiyatga ega ekanligini tushunadi va bularni boshqa shaxslarga ko‘rsatishni istaydi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlik haqidagi ish ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi (245-m). Pornografik mazmundagi mahsulotni musodara qilish sud departamentining sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi (337-m.).
Ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ko‘rsatilgan xatti- harakatni amalga oshirish JKning 130-moddasi bo‘yicha kvalifi- katsiya qilinadi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin