O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Sudga hurmatsizlik qilish (180-m.)



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə104/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Sudga hurmatsizlik qilish (180-m.). Guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda o‘z ifodasini topgan sudga hurmatsizlik, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Odil sudlov (sud) organining normal faoliyati ushbu ma’mu- riy huquqbuzarlikning obyekti hisoblanadi.
Guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida yoki mazkur shaxslarning va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi
farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoki sud majlisi paytida tartibni buzishda o‘z ifodasini topgan xatti-harakat huquqbuzarlikning obyektiv tomoni hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik amalga oshirilgan paytda qonun oldida javob bera oladigan, 16 yoshga to‘lgan shaxs huquqbuzarlik subyekti bo‘lishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning subyektiv tomoni aybning qasddan qilinganligida ifodalanadi. Bu o‘rinda huquqbu- zarning sudga hurmatsizligi, shuningdek, sudni oshkora mensimas- likdan dalolat beruvchi xatti-harakat sodir etgani namoyon bo‘ladi. Moddada ko‘zda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi
va xo‘jalik sudlari ko‘rib chiqadi (245, 2451-m.).


11-§. Jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik


Jamoat tartibi ma’naviy, huquqiy normalar bilan hamda axloq, odob, urf-odat qoidalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Jamoat tartibi davlat organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolar tomonidan muhofaza etiladi. Bu ishda asosiy vazifani ichki ishlar organlari bajaradi.


Jamoat tartibiga zarar yetkazuvchi shaxslar O‘zbekiston Res- publikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-192- moddalariga asosan ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin