Milliy,irqiy,etnikyokidiniyadovatnitarg‘ibqiluvchimate- riallarnitayyorlash,saqlashyokitarqatish(1843-m.). Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish(1861-m.). Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish (187-m.).Ko‘cha- larda, stadionlarda, xiyobonlarda, bog‘larda, barcha turdagi jamoat transportida hamda spirtli ichimliklarni quyib sotishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish, — eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan uchdan bir qismigacha mikdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
eng kam ish haqining uchdan bir qismidai bir baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish axloq qoidalariga zid bo‘lib, bezorilik qilish, haqoratlash uchun sharoit yaratadi.
Huquqbuzarlik spirtli ichimliklar yoki ularning bir qismi ichib bo‘linganda emas, balki ichimlik iste’mol qilishga tayyorlangan paytda (masalan, spirtli ichimlik stakanlarga quyulganda) tugallangan hisoblanadi.
Ushbu huquqbuzarlikda ma’muriy javobgarlikka tortish uchun jamoat joylarida (spirtli ichimliklarni quyib sotishga ijozat berilgan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) spirtli ichimlik ichish faktining o‘zi kifoya qiladi, boshqa huquqqa xilof xatti-harakatni amalga oshirish talab etilmaydi.
Agar jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish paytida beadab so‘zlar bilan so‘kinish, haqorat, shilqimlik sodir qilinsa va jamoat tartibini, fuqarolar osoyishtaligini buzadigan boshqa xatti- harakatlar amalga oshirilsa, huquqbuzar MJTKning 183-moddasi bo‘yicha mayda bezorilik uchun ham ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan boshqa jamoat joylari toifasiga yo‘laklar, lift maydonchalari, hovlilar, turarjoy liftlari, tomosha muassasalari (kinoteatr, teatr, madaniyat saroylari), suv bo‘yidagi cho‘milish joylari ham kiradi. Odatda jamoat joylari hisoblanmaydigan, ammo u yerda fuqarolar dam oladigan paytdagi maskanlar, fuqarolar borgan paytdagi dam olish zonalari, daryo, ko‘l, hovuz bo‘ylari, o‘tloqlar va shu kabilar ham mazkur hisobga kiradi.
16 yoshga to‘lgan shaxslar huquqbuzarlik subyektlari bo‘lishi mumkin. Jamoat joylarida spirtli ichimliklar ichish subyektiv tomondan aybdorning qasddan qilgan xatti-harakati sifatida tavsiflanadi.
Ushbu modda bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar 2-qismi bo‘yicha ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar (245- m.), fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari huzuridagi ma’muriy komissiya (246-m.) va 1-qismi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan (248-m.) ko‘rib chiqiladi.