O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə131/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 259-moddasiga asosan davlat veterinariya nazorati organlariga: MJTKning 109-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 260-moddasiga asosan Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi organlariga: MJTKning 55, 70-moddalarida; 71- moddasida (tabiatni muhofaza qilish qoidalari bundan mustasno); 72- moddasida (termal suvlarga doir qismida); 97, 98-moddalarida nazarda
tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 261-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga: MJTKning 63-moddasida; 65-moddasining 2-qismida (qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik bundan mustasno); 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlash- tirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismi); 70-moddasida; 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida); 72-moddasida (termal suvlarga doir qismi bundan mustasno); 73-moddasida; 74-moddasining 1 va 3- qismlarida; 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish bundan mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun); 77- 84-moddalarida; 85-moddasida (sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash bundan mustasno); 86-89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish bundan mustasno); 891-
moddasida; 90-moddasining 1-qismida; 91-93, 95-moddalarida; 96-moddasida (davlat ekologiya ekspertizasi qismida; 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzar- liklar to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno); 162-moddasida; 178- moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida); 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida); 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquq- buzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 262-moddasiga asosan Bojxona organlariga: MJTKning 227, 2271, 2272, 2273-moddalarida;
2274-moddasining 3-qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712- moddalarida; 22715-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 263-moddasiga asosan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining davlat inspeksiya organlariga: MJTK 151-moddasining 1-qismida, 152- moddasining 1-qismida, 153-154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 264-moddasiga asosan Davlat soliq organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratu- rasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromad- larni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylar- dagi bo‘linmalariga: MJTK 164-moddasining 1 va 3-qismlarida, 168, 171-172, 174-moddalarida; 175-moddasining 1, 2, 3 va 4- qismlarida; 1754-moddasida; 176-moddasining 1-qismida, 1762, 1791, 1861(aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda)
-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risi- dagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2641-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlariga: MJTKning 1752-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 265-moddasiga asosan Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga: MJTKning 178-moddasida (iste’molchilarning huquq- larini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi); 212, 213-moddalarida; 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga doir qismi bundan mustasno) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 266-moddasiga asosan qishloq xo‘jaligidagi mashinalar va qurilmalarning texnik holatini nazorat qiluvchi bosh davlat inspeksiyasi organlariga: MJTKning 112-moddasida, 139-moddasida (qishloq xo‘jalik texnikasiga taalluqli qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2661-moddasiga asosan yer resurslari davlat qo‘mitasining organlariga: MJTKning 65- moddasida (yerlarni ishlab chiqarish va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqava suvlar bilan ifloslantirganlik bundan mustasno); 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlari, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari bundan mus- tasno); 69-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2662-moddasiga asosan
«O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi organlariga: MJTKning 74-moddasi 2 va 3-qismlarida; 75-moddasida (irrigatsiya tarmoq- laridan olinadigan suv miqdorini hisobga olish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzishga oid qismi); 76-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbu- zarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2663-moddasiga asosan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlariga: MJTKning 1041-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 267-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi organlariga: MJTKning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzar- liklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 268-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qo‘mitasining davlat probir palatasi organlariga: MJTKning 219-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2681-moddasiga asosan Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvat- lash organlariga: MJTKning 178, 1781 va 2151-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 2682-moddasiga asosan Arxitektura va qurilish organlariga: MJTKning 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquq-
buzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Har bir yuridik vakolatga ega organning aynan o‘ziga mansub bo‘lgan va Kodeksning Maxsus qismida qayd etilgan muayyan huquqbuzarlik ishlarini olib borishi ko‘rsatilgan ma’muriy ishga tegishlilikning buzilishi mumkin emas. Bundan tashqari har bir yurisdiksion organ o‘z vakolati doirasida ma’muriy-huquqiy sohada aynan ular tomonidan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga doir sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar ustidan ish yuritishi kerak va qonunda belgilangan vazifa va maqsadni amalga oshirishi shart.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin