O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə132/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

4-§. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar


Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritishda javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakil, advokat, guvoh, ekspert va tarjimon qatnashadi.


Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs — ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, izoh berishga, dalillar
keltirishga, iltimos qilishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokat- ning yuridik yordamidan foydalanishga, ish yuritilayotgan tilni bilmagan taqdirda o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatla- ridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berishga haqli. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Mazkur shaxs ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida o‘z vaqtida ogohlantiriladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vaqtida ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qatnashishi majburiy. Agar huquqbuzarni ichki ishlar organi yoki tuman (shahar) sudyasi chaqirsa-yu, u kelishdan bo‘yin tovlasa, ushbu shaxs ichki ishlar organi tomonidan majburan olib kelinishi mum- kin.
Mazkur shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollarda ish uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Jabrlanuvchi — ma’muriy huquqbuzarlik natijasida ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar ko‘rgan shaxs. Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqish, iltimoslar qilish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berish huquqiga ega. Jabrlanuvchi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 282-moddasiga muvofiq guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin.
Qonuniy vakillar. Voyaga yetmagan yoki biror shaxs o‘zining jismoniy yoxud ruhiy kamchiliklari sababli ma’muriy huquqbu- zarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan o‘z huquqini o‘zi amalga oshira olmasa, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning va jabrlanuvchining manfaatlarini, ularning qonuniy vakillari (ota- onalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) himoya qila- dilar.
Advokat. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda qatnashuvchi advokat ishga oid barcha materiallar bilan
tanishib chiqishga, iltimoslar qilishga, uni taklif qilgan shaxsning topshirig‘iga binoan mazkur shaxs nomidan ishga tegishli qaror ustidan shikoyat berishga haqli. Advokatlarning vakolatlari yuridik maslahatxona tomonidan beriladigan order bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Guvoh. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi biror narsani bilgan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 298-moddasiga muvofiq ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)ning chaqirig‘iga binoan guvoh ko‘rsatilgan vaqtda kelishga, haqqoniy ko‘rsatuvlar berishga, shu ish xususida o‘ziga ma’lum bo‘lgan hamma narsalarni bayon qilishga va qo‘yilgan masalalarga aniq javob berishga majburdir.
Ekspert. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan biror narsani aniqlashning zaruriyati tug‘ilgan hollarda shu ishni ko‘rib chiqayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan ekspert tayinlanadi. Ekspert chaqiruv bo‘yicha kelishga va o‘z oldiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan obyektiv xulosalar berishga majbur. Ekspert ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishib chiqishga, xulosa berish uchun zarur bo‘lgan mate- riallarni olishga, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuv- chiga, guvohga, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan organ (mansabdor shaxs)ning ruxsati bilan ekspertizaga oid savollar berishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida qatnashishga haqli.
Tarjimon. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan tarjimon tayinlanadi. Tarjimon mazkur organ (mansabdor shaxs)ning chaqirig‘iga binoan hozir bo‘lishga va o‘ziga topshirilgan tarjimani to‘la-to‘kis va aniq bajarishga majbur.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ huzuriga kelishi munosabati bilan qilgan xarajatlari, qonunga asosan qoplanadi, bu shaxslarning ish joyidagi maoshi belgilangan tartibda saqlanib qoladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin