O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə89/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik (88-m.). Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalar va binokorlik materiallarini to‘plash, maxsus texnik qurilmasiz ochiq alanga oldirib ularni yoqish, bitum eritishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik, — fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

  • fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, -
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur modda binokorlik materiallari tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilaydi. Atmosfera havosini muhofaza qilishga doir qoidalarni buzish texnik qurilmalarsiz ochiq alangada bitumni, boshqa binokorlik materiallari va hokazo materiallarni yoqishda ifodalanadi. Masalan, bitumni yopiq idishlarda eritish lozim, bu hol bitumning o‘zi yonishiga va tutashiga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu talablarni buzganlik uchun javobgarlik «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘ri- sida»gi qonunning 20, 21-moddalariga muvofiq belgilangan1.
Bu huquqbuzarlikning obyekti qurilish va boshqa ishlarni bajarishda atmosfera havosini muhofaza qilishning o‘rnatilgan tartibidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklarning subyekti fuqarolar yoki mansabdor shaxslar bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin.
Moddaning 2-qismida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlikning ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladi. Moddaning 3-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbu- zarlik IIO profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlanishi mumkin. Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar tabiatni muhofaza qilish organlari (261-m.) va atmosfera havosiga zararli fizik ta’sir ko‘rsatish sohasida sanitariya nazorati davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan
(257-m.) ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin