O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarliklar



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə85/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

3-§. Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarliklar


Mulkka tajovuz qiluvchi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 60–64-mod- dalarida ko‘zda tutilgan.


Oz miqdorda talon-toroj qilish (61-m.). Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlarning mulkini o‘g‘ir- lash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suviste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik
ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan oshmasa, bunday talon- toroj oz miqdorda talon-toroj qilish deb hisoblanadi.
Mulkni oz miqdorda talon-toroj qilish mulkka tajovuz qilishning keng tarqalgan turlaridan biridir. Bu huquqbuzarlik yetkazadigan moddiy zarar juda katta bo‘lib, bundan ko‘riladigan ma’naviy ziyon ham ozmuncha emas.
Mulkni o‘g‘irlash, shu jumladan, oz miqdorda talon-toroj qilish qasddan qilinadigan, haqini to‘lamasdan sodir etiladigan g‘ayriqonuniy xatti-harakat bo‘lib, bu mulkni g‘arazli maqsadda o‘zining mulki qilib olish yoki boshqa shaxsning mulki qilib berish uchun amalga oshiriladi. Aybdor mehnat sarflamasdan boy bo‘lib qoladi, talon-toroj qilingan mulkni o‘z mulki sifatida tasarruf qiladi, uni ishlatadi, in’om etadi, sotadi va hokazo.
Basharti talon-toroj qilingan mulk eng kam ish haqining belgilangan miqdoridan oshib ketmasa, qilingan oz miqdordagi talon-toroj hisoblanadi. «Mulk» deganda sanoat, xo‘jalik yoki hunarmandlik, ishlab chiqarishi buyumlari, xom ashyo, pul, haq to‘langan hujjatlar tushuniladi, ular bevosita moddiy boylik olish huquqini beradi.
Talon-toroj qilingan mulkning qiymati belgilangan chakana narxlar bilan aniqlanadi. Agar talon-toroj umumiy ovqatlanish korxonasida (ishlab chiqarishda, bufetda) yoki komission savdoda ro‘y bergan bo‘lsa, qiymat ana shu mahsulotni va molni sotish uchun belgilangan narxlar asosida aniqlanadi. Basharti talon-toroj qilingan mulkning chakana narxi bo‘lmasa, u holda qiymat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moddiy boyliklarni talon-toroj qilishda, rastrata qilishda, qasddan yo‘q qilish yoki qasddan shikast yetkazishda ularning chakana narxi bo‘lmagan taqdirda yetkazilgan zararni belgilash uchun narxlarni hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar»iga muvofiq aniqlanishi kerak. Basharti talon-toroj qilingan mulkning, boylikning chakana narxi bo‘lmasa va ularning qiymatini Moliya vazirligi ko‘rsatmalarida
nazarda tutilgan tartibda aniqlash imkoni bo‘lmasa, u holda o‘g‘irlangan mulk qiymati ekspert xulosasi asosida aniqlanadi.
Sodir etilgan talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj ekanligini hal etishda talon-toroj qilingan mulkning qiymatidan tashqari, shuningdek, bu buyumlarning tabiiy miqdori (vazni, hajmi) va ularning xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati ham hisobga olinishi lozim. Talon-toroj qilingan mulkning, masalan, muayyan binokorlik materialining o‘ta taqchilligi ham nazarda tutilishi kerak.
Oz miqdordagi talon-toroj basharti u mazkur moddada ko‘rsatib o‘tilgan shakllarda, ya’ni o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibini tashkil etadi. O‘g‘irlash yashirin ravishda talon-toroj qilishdir. O‘zlashtirish huquqbuzar ixtiyorida bo‘lgan, masalan, omborchiga saqlash uchun berilgan yoki ekspeditorga yetkazib berish uchun ishonib topshirilgan mulkni o‘ziniki qilib olish yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirish bilan bog‘liqdir. Rastrata qilish aybdorning ixtiyorida bo‘lgan mulkning g‘arazli maqsadda uchinchi shaxs tomonidan sotilishi, ishlatilishi, hadya qilinishi, begona- lashtirilishini bildiradi. Xizmat mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishda mulk mansabdor shaxsning ixtiyorida bo‘lmaydi, u g‘ayriqonuniy farmoyish berib, soxta hujjatlardan foydalangan holda, mulkni egallab oladi va hokazo. Masalan, mansabdor shaxs qo‘l ostidagi shaxsga muassasaga qarashli benzin solingan idishni haq to‘lamasdan o‘z qarindoshiga topshirishni buyuradi. Mulkni firibgarlik yo‘li bilan egallab olish uchun bu mulk kimda saqlanayotgan bo‘lsa, uni chalg‘itish, mulkni aybdorga berishga undash maqsadida yolg‘ondan foydalanish, haqiqatni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish xosdir. Bir qator talon- torojni baholashga ta’sir qiladigan holatlar jinoiy xatti-harakat bo‘lsa ham ular oz miqdordagi talon-toroj qilish uchun ahamiyatsiz bo‘ladi. Bir guruh shaxslarning oz miqdorda talon-toroj sodir qilish uchun oldindan kelishib olishi, uni alohida xavfli, takroran jinoyat sodir qilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi shuningdek, jinoyatni ijro etish usuli (binoga kirish yoki boshqa omborxonaga kirish yo‘li bilan) oz miqdordagi talon-torojni
(bunday jinoyat uchun g‘arazli niyat mavjud bo‘lmagan taqdirda) jinoiy jazoga tortiladigan talon-toroj deb baho berishga asos bo‘lib xizmat qiladigan holatlar hisoblanmaydi. Biroq bunday holatlar aybdorga jazo chorasini belgilashda hisobga olinishi lozim.
Ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlik subyektiv tomondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arazli niyat va maqsadning mavjudligini nazarda tutadi. Har qanday shakldagi oz miqdordagi talon-torojni mulkka tajovuz qilgan holda sodir etishda o‘g‘irlovchi g‘ayrihuquqiy xatti- harakat sodir etayotganini anglab yetadi, uning moddiy zarar tarzidagi zararli oqibatlariga oldindan ko‘zi yetadi. O‘g‘irlik qiluvchining maqsadi g‘ayriqonuniy bo‘lib, u g‘arazli maqsad bilan mulkni o‘z mulkiga yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirishni istaydi. Aybdorning g‘arazli niyati katta miqdordagi mulkni o‘g‘irlashdan iborat bo‘lib, talon-toroj qilingan mulk belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan ko‘p bo‘lsa, u holda jinoiy javobgarlik kelib chiqadi, chunki katta miqdordagi mulkni o‘g‘irlash yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunday holatda talon-toroj qilish JKning 167- va 168-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oz miqdordagi talon-toroj uchun javobgarlik 16 yoshdan boshlanadi. Mansab mavqeini suiiste’mol qilgan holda oz miqdorda talon-toroj qilishni faqat mansabdor shaxslar amalga oshirishlari mumkin.
MJTKning 61-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari va voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi (245, 247-m.).



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin