Suvdanfoydalanishqoidalarinibuzish(74-m.). Tabiiy suv manbalaridan (daryo, soy, ko‘l, buloq, yer osti suvlaridan) suv olish qoidalari va limitlarini buzish, shuningdek, loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan tabiiy suv manbalaridan suv olishni amalga oshirish,
fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Irrigatsiya tarmoqlaridan suv olish qoidalarini buzish tarzida suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, gidrotexnika ishlarini o‘zboshimchalik bilan bajarish, suvdan foydalanishning belgilangan limitlari va rejalarini buzish, - fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa - ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 1 va 2-qismida nazarda tutilgan huquq- buzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Moddaning 1-qismi bo‘yicha ma’muriy javobgarlik tabiiy suv manbalaridan suvdan foydalanish qoidalari buzilgan takdirda vujudga keladi. Ushbu qoidalarni buzish manbalardan suvni olish muddatlari, normalari, shu jumladan, limitlarini buzish, ya’ni belgilangan me’yordan ortiqcha hajmda suv olish, suvdan xo‘jasiz- larcha foydalanish orqali namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublika- sining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 35- moddasiga muvofiq1 suvdan foydalanuvchilar suvdan foydalanish- ning belgilangan limitiga rioya qilishlari zarur. Limitlar deganda suv obyektlaridan suv olish rejalarini tushunish kerak Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida suvdan limitlashti- rilgan holda foydalanish to‘g‘risida»gi 1993-yil 3-avgust qarori,
«Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasida suvdan foydalanuvchilarning tabiiy obyektlarga, shu jumladan, baliq zaxiralariga zarar yetkazmaslikka doir vazifalari ham nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan Qonunning 61-moddasida baliq zaxiralarini muhofaza qilish va takror ishlab chiqarish sohasidagi tadbirlar, shu jumladan, sanoat maqsadlari, sug‘orish va boshqa ehtiyojlar uchun baliq xo‘jaligi suv havzalaridan suv olishga faqat tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishilgan holda baliklar- ning suv inshootlariga tushib qolishi mumkinligiga barham beradigan maxsus moslamalar o‘rnatgan sharoitdagina amalga oshirish mumkinligi qoidalari belgilab berilgan.
Moddaning 2-qismiga muvofiq, irrigatsiya tarmoqlarida suvdan foydalanish qoidalari buzilgan taqdirda ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi.
Suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish deganda shunday foydalani- shni tushunmoq kerakki, bunda olinadigan yoki quyiladigan suvdan texnologik normadan ortiqcha, maqsadsiz foydalaniladi. Gidrotexnika ishlarini o‘zboshimchalik bilan bajarish deganda shu
jumladan, suv chiqarish uchun qurilgan qurilmani tartibga solish, to‘g‘onlar, suv to‘sqichlar, nasos stansiyalari va hokazolar qurish tushuniladi. Irrigatsiya tarmoqlarida suvdan foydalanishda «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 30-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgust qaroriga muvofiq belgilangan limitlarga rioya etilmasa, MJTK 74-moddasining 2- qismi bo‘yicha javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Mazkur huquqbuzarliklarning obyekti suvdan foydalanish tartibidir. Huquqbuzarliklarning subyekti fuqarolar yoki mansab- dor shaxslar bo‘lishi mumkin. Moddada ko‘rsatib o‘tilgan huquq- buzarliklar qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilingan harakatlar yoki harakatsizliklar bilan sodir etilishi mumkin.
Moddaning 3-qismi MJTK 74-moddasining 1, 2-qismlarida ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tabiatni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan (261-m.), 74-moddaning 2 va 3-qismlari uchun esa
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining respublika suv nazorati —
«O‘zsuvnazorat» organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.