O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə33/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

To‘rtinchi davr – XIX asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyat hayotining boshqa jabhalariga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya sohasi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft (1837-1909) o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilan hozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslangan holda o‘sha davrda progressive hisoblangan usuliyatlarga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini kompleksli hal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali mehnat qildilar. Amaliy materiallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim sohalari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam-mosi bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izo’lab, isbotlab olishni isbotladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq.har qanday fan faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa to‘laqonli natija bera olmaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bir necha fanlar qo‘shilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining fiziologiyasi va jismoniy tarbiya psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan uzviy bog‘langan. Oldingi yagona, bo‘laklarga bo‘linmagan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatidan alo’ida pedagogik fanlari ajralib chiqdi, bular qatorida sport pedagogikasi fanlariham, lekin ularning so‘nggi rivojida bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlik namoyon bo‘ldi, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati tomonidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarga tayanishga to‘g‘ri keldi. Olingan dalillar yangi umumlashtirishlar uchun aniq material vazifasini o‘tadi. Bu jismoniy tarbiya jarayonidek bir butun pedagogik mu’itini o‘z ichiga olgan keng ilmiy izlanish va o‘qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport so’asi fanlari ajralib chiqa boshlaganligidir: gimnastika, engil atletika, sport o‘yinlari fanlari va boshqalar. Ammo jismoniy mashqlarning alo’ida turlari uchun kerakli bo‘lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki,hamma turlar uchun taosir ko‘rsata oladiganlarigina alo’ida fan bo‘lib ajralmadi va ajralib chiqishiham mumkin bo‘lmasdi. Ana shuning uchun barcha sport fanlari uchun umumiy va xususiy qonuniyatlarni ishlab chiqishhozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Biologiya fani bilan bog‘liqligi jismoniy tarbiya vositalarini shug‘ullanuvchilar organizmiga taosiri reaksiya-sini o‘rganish, jismoniy tarbiya jarayonini samarali boshqa-rishda anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanla-rining qonuniyatlarinihisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati fanini boshqa fanlar bilan bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy tarbiyahaqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga taosir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keldi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin