O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

II. Oquv fanining maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi jismoniy tarbiya asoslarining chuqur nazariy anglanishini ta’minlash, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagogning kasbiy faoliyatidagi asosiy nazariy-usuliy qoidalarini amalga oshirish malakasini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy qoidalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyatining tushunchalarini o‘rganish, jismoniy tarbiya va sportning vosita va usullarini o‘zlashtirish; jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy shakllarini o‘rganish; tayyorgarlik fanlari tizimida jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda uslubiyatining integratsiyalovchi roli to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; amalda harakat faoliyatilarini o‘rganish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bilimlarni shakllantirish nazariyasi va uslubiyatini qo‘llashga o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish tarixi;
- jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining jamiyatdagi funksiyasi;
- ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportning tashkil qilinishi hamda uning ahamiyati;
- jismoniy tarbiya tizimlari, sog‘lomlashtirish ishlari va ularning ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- harakatlarga o‘rgatish va yosh davrlariga nisbatan vosita, uslublarni tanlash hamda sport mashg‘ulotining qonuniyatlari;
- jahon madaniyatining rivojlanishi jarayonidagi o‘z xalqining jismoniy tarbiya va sport tizimi taraqqiyotidagi asosiy bosqichlari;
- jismoniy tarbiyaning estetik, axloqiy va ma’naviy qadriyatlari; jismoniy tarbiyadagi didaktik qonuniyatlar;
- aholining har xil guruhlari bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari uslubiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- jismoniy tarbiya tizimi;
- O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan huquqiy va me’yoriy hujjat asoslarini;
- jismoniy tarbiyaning vositalari, tamoyillari va uslublarini, mashg‘ulotlarni mazmuni, shakli hamda ularni tuzilish qonuniyatlarini;
- jismoniy tarbiya darslari rejalashtirish va nazoratlarni olib borishni;
- harakatlarga o‘rgatish jarayonining asoslarini;
- turli yoshdagilar bilan jismoniy tarbiya darslarini olib borish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi konikmalariga ega bo‘lishi;
- jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish, rejalashtirish, nazorat qilish va o‘tkazish;
- harakatlarga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- harakatlarga o‘rgatishda qo‘llaniladigan vosita, uslub va tamoyillarni tahlil qilish;
- jismoniy tarbiya ishlarini targ‘ibot qilish;
- jismoniy tarbiya hamda jamoalarining boshqaruvini quyi va o‘rta bo‘g‘inlarida faoliyat olib borish;
- jismoniy tarbiyada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligida majmuali nazoratning uslubiyatlari hamda uni tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin