O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə77/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Harakat ko‘nikmalari.
Kishida harakat tajribasi va bilimlari to‘planib, jismoniy jixatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasini xal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida masalan (o‘yinda, yakkama – yakka kurashish va x.k.) da qatnashishni amalga oshirish uchun kishi ilgari xosil qilgan ko‘nikma va malakalardan jismoniy va manaviy, irodaviy sifatlardan ijodiy foydalana oladi. Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko‘nikmalari – harakat faoliyati jarayonida harakatlarni avtomatlashmagan xolatda boshqarish qobiliyatidir.
Jismoniy tarbiya jarayonida ikki xil ko‘rinishda bo‘lgan harakat ko‘nikmalari:

  • Yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish.

  • Xar xil murakkablikda bo‘lgan aloxida harakatlarni bajara olish ko‘nikmalari xosil qilinadi.

Birinchi ko‘rinishdagi ko‘nikma murakkab o‘zgaruvchan sharoitlarda (o‘yin vaziyatida, raqib harakatida) birdan yuzaga keladigan harakat vazifalarini xal qilish bilan bog‘liqdir. Bunday harakat faoliyati xar doim anglab, bilib bajariladi, bunday harakat faoliti to‘la avtomatlashgan standart harakaterda bo‘la olmaydi. Bu ko‘nikmalar malakaga aylanmaydi. O‘rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda qo‘llanish xar doim bu xil ko‘nikmalarga xos xususiyat bo‘lib qoladi.
Alohida harakatlarni bajara olish ko‘nikmasi odatda malaka xosil kilishga tomon qo‘yilgan bir qadam bo‘ladi. O‘rgatish jarayonida bu ko‘nikmalar harakat texnikasini dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar rivojlanadi. Oddiy va murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu harakatlarni bajarish uchun, butun harakat aktini bajarish uchun diqqatni to‘plash talab qilingunga qadar ko‘nikma doirasida bo‘ladi.
Harakat malakalari.
Harakatli mashqlarni ko‘p marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka xosil qilishga olib keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilmaganva harakat bir xil sharoitlarda bajarilgan taqdirgina erishiladi. Harakat malakasini bir butun harakat aktida harakatlarni boshqarishning avtomatlashgan usuli sifati tariflash mumkin. Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaverilsa uni bajarish asta sekin – odatga aylanib qoladi; harakat aktining biror bir qismi (fazasi) ni qanday bajarish ustida toboro kamroq fikir yuritiladi: etarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta – sekin harakat qismma – kism avtomatlashib boradi. SHunday qilib, malaka reflektorli harakat aktlari tizimi bilan mustaxkamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashish malakaning asosiy xususiyatidir. Avtomatlashish bilan umuman harakat aktini ongli ravishda bajarishga chek qo‘yilmaydi, lekin xar bir alohida xarkatni bajarishga ongning ishtirokiga extiyoj qolmaydi. Malaka xosil qilish davrida ong yo‘q bo‘lib ketmaydi balki o‘z o‘rnini almashtiradi.
Harakat avtomatlashishi bilan malaka barqaror va mustahkam bo‘ladi. O‘rganilgan harakatni, uni bajarish sifatini pasaytirmay, ko‘p marotaba takrorlashga imkoniyat bo‘lishi harakat ko‘nikmasining mustahkamlanishini ko‘rsatuvchi tomonlardan biri hisoblanadi. Malakaning mustaxkamlanishi harakat amallarini xatto charchaganda, behollikda, psixologik noqulay xolatda (kuchli xayajonlanish, o‘rganilmagan sharoit ta’siri va shu kabilarda) ham aniq bajara olishga imkon beradi. Bundan tashqari, malakaning mustahkamlanishi harakat aktini maksimal kuch bilan (agar kuch berishga malaka tarkib toptirishda o‘rganilgan bo‘lsa) to‘g‘ri bajarishga imkon berishi ham muhimdir. Masalan, konkida uchuvchi barqaror malakaga bo‘lsa juda tez uchganda ham uchish texnikasini buzmaydi etarli darajada mustahkam bo‘lmagan malakada bunga erishish mumkin emas. Nihoyat, malaka mustahkam bo‘lsa, uni mashq olib bormasdan ham uzoq saqlab qolish mumkindir. Ma’lumki, velosipedda yurish, suzish, chang‘ida yurish kabi mustahkam ko‘nikmalar asosan butun umr saqlanib qoladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin