O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Mashg‘ulotlarni siklli tuzish tamoyili



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə75/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Mashg‘ulotlarni siklli tuzish tamoyili

Jismoniy tarbiya jarayonida bu – sikllarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar va bosqichlarning berk aylanishidir. Shunga muvofiq uchta turi ajaratiladi: mikrotsikllar (haftalik), ular mashqlarning takroriy qo‘llanilishi va bir vaqtning o‘zida ularning har xil yo‘nalganligi, Yuklama va dam olishning uyg‘unlashuvi bilan tavsiflanadi; mezotsikllar (oylik), ular ikkitadan oltitagacha mikrotsikllarni o‘z ichiga oladi, ularda vositalarning miqdori, uyg‘unlashish tartibi va nisbatlari o‘zgarib turadi; makrotsikllar (yillik), ularda jismoniy tarbiya jarayoni uzoq vaqt davom etadigan bosqichlarda amalga oshiriladi.
Ushbu tamoyil jismoniy tarbiya va sport xodimlarini tugallangan sikllarni e’tiborga olgan holda va ular doirasida, shuningdek, mashg‘ulotlar kumulyativ samarasining o‘sib borishini, jismoniy tarbiyaning umumiy borishini hamda shug‘ullanuvchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi ketma-ket rivojlantirilishini e’tiborga olgan holda mashg‘ulotlar tizimini tuzishga yo‘naltiradi.

    1. Jismoniy tarbiya yo‘nalishlarining yoshga mosligi tamoyili

Bu tamoyil jismoniy tarbiya yo‘nalishini inson organizmining yoshga xos (maktabgacha, kichik, o‘rta, katta) jismoniy rivojlanishiga, ya’ni ontogenezning o‘zgarib turuvchi davrlariga mos ravishdaizchil o‘zgartirish majburiyatini qo‘yadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni yoshga xos etilish davrigacha shug‘ullanuvchilar organizmiga umumiy jismoniy ta’sir qilishni nazarda tutishi kerak. Bu harakat ko‘nikmalari va malakalarining keng doirasini shakllantirishda va har tomonlama jismoniy rivojlanishda o‘z ifodasini topadi. Maktab davrida bu tamoyil jismoniy sifatlarni tarbiyalashda insonning u yoki bu jismoniy sifatlari rivojlanishi uchun eng qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladigan sezgi zonalarini e’tiborga olishni taqozo etadi.
O‘smirlik va birinchi etuklik yoshi (taxminan 35 yoshgacha) organizmning funksional imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun qulay imkoniyatlarni ochib beradi. Ko‘pchilik uchun jismoniy tarbiya yo‘nalishi uzaytirilgan umumiy jismoniy tayyorgarlik shaklida bo‘ladi. O‘smirlik yoshi uchun sport bilan faol shug‘ullanish hamda uning asosida Yuksak natijalarga erishish xosdir.
Ikkinchi etuklik yoshida funksional imkoniyatlarning barqarorlashuvi davrida jismoniy tarbiya yo‘nalishi erishilgan yaxshi ish qobiliyatini, erishilgan jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlab turish sifatida qatnashadi.
Ancha kechroq davrlarda (ayollar- 55 yoshdan, erkaklar- 60 yoshdan) jismoniy tarbiya turli xil salbiy omillarning inson sog‘lig‘iga ta’sir qilishiga qarshilik ko‘rsatishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Umuman aytish mumkinki, jismoniy tarbiya yo‘nalishlarining yoshga mosligi tamoyili jismoniy mashqlar bilan ko‘p yillik shug‘ullanishlar jarayonida jismoniy tarbiyadan foydalanishda eng asosiysi hisoblanadi.
Ko‘rib chiqilgan tamoyillar yaxlit jismoniy tarbiya jarayonining turli xil qonuniyatlari va tomonlarini aks ettiradi. Ular bir-birini to‘ldiruvchi va o‘zaro bog‘langan prinsipial metodik qoidalar yig‘indisini emas, balki birligini tashkil etadi. Biron-bir tamoyildanchekinish jismoniy tarbiyaning butun murakkab jarayoni buzilishiga va o‘qituvchi hamda o‘quvchining katta mehnati deyarli samarasiz bo‘lib qolishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin