O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə96/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

KUCH => TEZLIK => CHIDAMLILIK
yoki
TEZLIK => KUCH => CHIDAMLILIK

Bu tartib alohida mashg‘ulot ichidagi mashqlar ketma – ketligi uchun ham, haftalik yoki unga davomiyligi jihatidan yaqin sikllardagi mashg‘ulotlar ketma – ketligi uchun ham to‘g‘ri hisob-lanadi. Albatta, ko‘rsatilgan tartib jismoniy tarbiya va sport amaliyotida yagona emas. Bir qator omillarga (shug‘ullanuvchilarning tayyorligi, qo‘llanilayotgan yuklamalarning kattaligi va o‘sib-o‘zgarishlari, mashg‘ulotlarning umumiy yo‘nalishi va h.k.) bog‘liq ravishda uyg‘unlashtirishning boshqacha tartiblari ham uchrashi mumkin.


Har bir muayyan holatda yuklamalarning hajmi va shiddati to‘g‘risidagi masala ularning xususiyatlari, yo‘nalishi va qo‘llanishidagi izchilligini, shug‘ullanuvchilarning funksional holati, o‘ziga xos alohida jihatlarini e’tiborga olib hal etiladi. Yuklamalarni majmuali – muvoziy tarzda tashkil etishga xos xusu-siyatlardan biri tayyorgarlikning qandaydir bosqichida bir vaqtning o‘zida asosan har xil yo‘nalishdagi yuklamalar ta’si-rotidan foydalanishdir.
Bunday tashkil etish tizimi, ish hajmi yoki shiddati ortishiga qaramay, organizmga bir me’yorli, yalpi ta’sir ko‘rsatadi. Bunda yuklamaning maxsus tarkibiy qismlariga organizmning tabaqalashtirilgan moslashuv reaksiyalari sust ifodalanadi, chunki undagi moslashish jarayonlari umumlashti-ruvchi xususiyatga ega. Natijada yuklamaning rivojlantiruvchi ta’siri tezgina yo‘qolib, moslashuv jarayoni sekinlashadi, jismoniy qobiliyatning rivojlanish darajasi barqarorlashadi yoki hatto pasayadi.
Ta’sirotlarning maqsadga yo‘naltirilganligi va mosla-shuv adekvatligi tamoyili.
Jismoniy qobiliyatlarning shakllanishi va takomillashuvi asosida inson organizdaqing harakat faoliyati sharoitlariga uzoq muddatli moslashuvi mexanizmlari yotadi. Qobiliyatlarning izchil kuchayib borishiga javobgar bo‘lgan organ va tizimlardagi mos-lashuv o‘zgarishlarining foydaliligi ular jismoniy yuklamaga qanchalik adekvat bo‘lsa, shunchalik yuqori bo‘ladi. Yuklama tufayli organizmda biokimyoviy, morfologik, fiziologik va ruhiy o‘zgarishlar yuz beradi, ular muayyan rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsa-tadi. Jismoniy tarbiya jarayonida yuzaga keladigan ko‘pgina ta’sirlarning organizm tomonidan izchil tarzda to‘planishi oqibatida qobiliyatlarning tadrijiy, uzluksiz o‘sishi ta’minlanadi.
Biroq faoliyatlar rivojlanish darajasining bunday o‘sib borishi mashg‘ulot ta’sirining maqsadga yo‘naltirilganligi hamda (qo‘yilgan maqsadga muvofiq) adekvatligi ta’daqlangandagina yuz beradi. Shunga ko‘ra jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda jismoniy faollikning eng maqbul rejimi tanlanar ekan, avvalo, jismoniy yuklamaning yo‘nalishi va kattaligini, uning hajmi hamda shiddatini to‘g‘ri belgilab olish; bir mashg‘ulot doirasida ham, mashg‘ulotlar tizimida ham kuch, tezlik, muvofiqlash bilan bog‘liq yuklamalarni dam olish bilan oqilona navbatlash uchun sharoit yaratish; muayyan vaqt davomida yuklamalarni oshirishning tegishli shakllarini hamda ularni almashlab qo‘llash tartibini ko‘zda tutish zarur.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin