O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Pedagogik ta’sirotning yosh adekvatligi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə97/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Pedagogik ta’sirotning yosh adekvatligi tamoyili.
Bu tamoyilga ko‘ra pedagog shug‘ullanuvchilarning qobiliyatlarini shakllantirishda ularning yoshiga muvofiq xususiyatlarni, ya’ni ontogenezning tabiiy ravishda almashinib turadigan davrlarini hisobga olib ish ko‘rishi zarur. Albatta, bu organizmdagi turli a’zo va tizimlarda qonuniy tarzda kechadigan o‘zgarishlar ketidan ko‘r-ko‘rona ergashishni bildirmaydi. Bu erda gap mazkur o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda ko‘p yillik mashg‘ulotlar davomida tegishli ruhiy – fiziologik funksiyalar, xususiyatlarga o‘z vaqtida tanlab ta’sir ko‘rsatilishini ta’minlash ustida ketyapti.
Organizm voyaga etayotgan, ya’ni etilayotgan yillarda u yoki bu qobiliyatning shakllanishidagi krizisli davr boshlanganligini biladigan pedagog ularning rivojlanish darajasiga maqsadga muvofiq tarzda, samarali ta’sir ko‘rsatishi, organizmning yashirin imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi mumkin. Keksa va katta yoshlilar organizmiga involyusion o‘zgarishlar xos bo‘lib, bu davrda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshira borish emas, balki imkon qadar qobiliyatlar rivojidagi ortga qaytish o‘zgarishlariga qarshi turish lozim.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda o‘zib boruvchi ta’sirotlar tamoyili.
Uning mohiyati shundaki, foydalaniladigan pedagogik ta’sirotlar (vositalar, usullar va shakllar) shaxsning shu qobiliyatlari rivojlanish darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Biroq bu muvo-fiqlik mutlaq bo‘lmasligi lozim.
Jismoniy qobiliyatlarni uzluksiz rivojlantirib turish uchun tashqi ta’sirlar muayyan qobiliyatning ichki rivojlanishidan o‘zib borishi kerak. Agar tashqi ta’sirlarning ichki rivojlanish-lardan birmuncha o‘zib boruvchi bunday muvofiqligi bo‘lmasa, unda qobiliyatlar rivojida to‘xtash, qotib qolish (turg‘unlik) yuzaga keladi. Qobiliyatlar rivojlanishidagi turg‘unlik, odatda, qolipga aylangan usuliyatning, o‘zib boruvchi muvofiqlik tamoyili amal qilmayotganligining, usuliy yo‘llardan foydalanishning qobili-yatlar rivojidan ortda qolishining natijasidir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin