O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Kuch qobiliyatlarining rivojlanishi usuliyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə120/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Kuch qobiliyatlarining rivojlanishi usuliyati.
Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari.
Kuch qobiliyatlarini rivojlatirishda qarshiligi yuqori bo‘lgan mashqlardan foydalaniladi. Qarshilik mohiyatiga nisbatan ular uch guruhga ajratiladi:
1.Tashqi qarshilik bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar.
2.O‘z tana og‘irligini engish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar.
3.Izometrik mashqlar.


Tashqi qarshilik bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlarga quyidagilar kiradi:
♦ og‘irliklar bilan amalga oshiriladigan mashqlar (shtanga, gantel, to‘ldirilma koptoklar, qadoqtoshlar), shu jumladan trenajyorlar ham. Bu mashqlar universalligi va tanlanishi bilan qulay;
♦ qayishqoq jismlar qashiligi bilan bajariladigan mashq-lar (rezina amortizatorlari, jgutlar, espanderlar, blok quril-malari va h.k.)
♦ tashqi muhit qarshiligini engish mashqlari (toqqa yugurib chiqish, qumda, qorda, suvda, shamolga qarshi yugurish va x.k.)
Tashqi qarshilik mashqlari kuchni rivojlantirishning eng samarali vositalaridan biridir. Ularni tanlab, yuklamani to‘g‘ri aniqlansa, barcha mushak guruhlarini va mushaklarni rivojlan-tirishi mumkin.
Izometrik mashqlar ishlab turgan mushaklar harakat birliklarining maksimal sonini birdaniga kuchaytirish imko-niyatiga ega. Ular quyidagilarga bo‘linadi:
♦mushaklarning sust harakatidagi mashqlar(qo‘llarda, elka-larda, belda og‘irlikni ushlab turish) ;
♦ma’lum vaqt davomida va ma’lum holatda mushaklarning faol kuchayishidagi mashqlar(yarim bukilgan oyoqlarni to‘g‘rilash.)
Nafasni to‘xtatib bajariladigan bunday mashqlar orga-nizmni kislorod bo‘lmagan juda qiyin sharoitlarda ishlashga o‘rgatadi. Izometrik mashqlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kam vaqt talab etadi va ularni o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan jihozlar juda sodda. Ular yordamida turli xil mushak guruhlariga ta’sir etish mumkin va qisqa vaqt ichida mahsus jihozlar yordamida muhim kuchlanish yaratish imkonini beradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin