O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Kuch qobiliyatlarining turlari va ularni rivojlantirish usullari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə128/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Kuch qobiliyatlarining turlari va ularni rivojlantirish usullari
Maksimal kuchni rivojlantirish. Maksimal kuchasab mushak tizimiga mushaklar maksimal qisqarganda berilishi mumkin bo‘lgan eng katta kuch. Maksimal kuchni rivojlantirish asosida ikkita usul yotadi: maksimal urinishlar usuli va takroriy-seriyali usul.
Kuch tayyorgarligining nazariyasi va amaliyotida maksimal urinishlar usulining bir necha yo‘li o‘z joyini topgan.
1-yo‘l. Mashqlar, maksimaldan 90-95% og‘irlik bilan, bir yondashuvda 2-3 marta bajariladi. Bir mashg‘ulotda yondashuvlar orasida 3-5 daq. hordiq bilan 2-4 marta bajariladi. Bu juda samarador mashqni mushaklar ishining ikki tartibida bajarish mumkin. Birinchi tartibda yondashuvda barcha harakatlar tak-rorlashlar orasida mushaklarni bo‘shashtirmasdan bajariladi. Masalan, shtanga bilan o‘tirib turish bo‘yicha yondashuvni bajarish vaq-tida shtanga doimo elkalarda bo‘ladi va mushaklar tabiiyki taranglashgan holatda bo‘ladi. Ikkinchi tartibda yondashuvda har bir mashq orasida qisqa muddatga, bir necha sekund mushaklarni bo‘shashtirish bilan bog‘liq. Buning uchun, mashq amallarini bajarib bo‘lgandan keyin, yukdan holis bo‘lib (shtangani joyiga qo‘yib), «ishchi» mushaklarni siltab bo‘shashtirish va darhol navbat-dagi harakatni bajarishga kirishish lozim. Ikkala tartib ham juda samarali. Ikkinchi tartib «portlash» kuchini va mushaklarni bo‘shashtirish (dam oldirish) layoqati faol namoyon bo‘lishini takomillashtirishni ta’daqlaydi.
2-yo‘l. Mashg‘ulotlar davomida ma’lum miqdorda yondashuv-larni bajarish kerak, ulardan: 1) og‘irlik vazni maksimaldan 90% - 3 marta; 2) vazn 95% - 1 marta; 3) vazn 97% - 1 marta; 4) 100% plyus 1 - 2 kg - 1 marta. To‘rt yondashuv bilan cheklanish mumkin, ulardan: 1) vazn 90% - 2 marta; 2) vazn 95% - 1 marta; 3) vazn 100% - 1 marta; 4) 100% plyus 1 - 2 kg - 1 marta. Ikkala mashqda ham yondashuvlar orasida faol hordiq uchun 2 - 3 s. bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan tanaffus qilish kerak. Oxirgi mashqni sportchi 100% plyus 1-2 kg yuklama bilan bajara olmasligi ehtimoli bor, bunda bu yondashuvni oldingilarni qaytarish bilan almashtirish maqsadga muvofiq.
3-yo‘l. Mashg‘ulot davomida 4-5 yondashuvning har birida bir marta 100% vazn bilan mashq amalga oshiriladi. Tanaffuslar davomiyligi navbatdagi yondashuvni bajarishga tayyorlik bilan aniqlanadi.
4-yo‘l. 3 yondashuv 120-130 % yuklama bilan amalga oshiriladi. Har bir yondashuv 4-5 takrorlashdan va 3-4 daq. Mushaklarni bo‘shashtirish uchun tanaffuslardan iborat. Shtanga yoki boshqa og‘irlik boshlang‘ich holatga maxsus moslamalar yordamida yoki sheriklar tomonidan uzatiladi.
5-yo‘l. Kuchni rivojlantirishning barcha oldingi yo‘llarida mushaklar engib o‘tuvchi tartibda ishlaydi. Taklif etilayotgan yo‘l mushaklarni yon beruvchi va engib o‘tuvchi tartiblarda navbatlashga yo‘naltirilgan. Bunga o‘xshash ko‘plab mashqlar mavjud. Masalan, 120-140% vaznli shtanga bilan o‘tirib-turish, bunda shtanga elkaga turgan holda moslamadan olinadi. O‘tirib-turishning yakuniy bosqichida shtanga disklari sheriklar tomonidan jadal echib olinadi, qolgan 70-80% vazn bilan tez turish kerak. SHunday qilib, 3 yondashuvni o‘z ichiga olgan 2 seriya bajariladi, har bir yondashuvda 2-4 mashq va 3-4 daq. mushaklarni bo‘shashtirishuchun tanaffus bo‘ladi. Bir mashg‘ulot davomida ko‘pi bilan 3ta 5-7 daq.lik faol hordiqni o‘z ichiga olgan seriyalar bajariladi.
Ko‘rsatilgan barcha me’yorlar dogma emas va ishga jalb qi-linadigan vositalar miqdoridan kelib chiqqan holda o‘zgarishi mumkin. Masalan, shtanga bilan o‘tirib turishga yondashuv va seriyalar qo‘llarni gantel bilan bukib yozishnikidan kam bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin