O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə126/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Izotermik urinishlar usuli. Qisqa muddatli maksimal kuchlanishlarni bajarish bilan ifodalanadi. Izotermik kuch-lanishlar davomiyligi odatda 5-10 s. Kuchlanish kattaligi mak-simumdan 40-50% bo‘lishi mumkin va statistik kuch majmualari, turli mushak guruhlari kuchini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 5-10 mashqdan iborat bo‘lishi kerak. Har bir mashq 3-5 marta, 30-60 s tanaffus bilan bajariladi. Navbatdagi mashqlarni baja-rishdan oldin dam olish 1-3 daq. Izotermik mashqlarni mash\ulotga haftasiga 4 martagacha qo‘shish mumkin, ularga 10-15 daq. ajratilsa kifoya. Majmuaviy mashqlar o‘zgarmagan holda tahdaqan 4-6 xafta qo‘llanilishi mumkin, so‘ngra u ba’zi boshlang‘ich holat-larning o‘zgarishi hisobiga yangilanadi.
Izotermik mashqlarni bajarishda tana holatini yoki bo‘g‘im-larning burchak kattaligi jiddiy ahamiyatga ega. Elka oldi bukuvchi-larining bo‘g‘imlarining katta burchagida mashg‘ulot kuch o‘sishini kam ta’daqlaydi, lekin mashq qilinmayotgan bo‘g‘imlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Izotermik kuchlanish bo‘g‘im burchagi 900 da, 1200 va 1500 ga nisbatan, gavdani eguvchilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Izokinetik urinishlar usuli. Bu usulning o‘ziga xosligi u qo‘llanilganda tashqi qarshilik kattaligi emas, harakatning doi-miy tezligi kattaligi berilishidadir. Mashqlar maxsus trenajer-larda bajariladi, ular turli tezliklarda harakat qilishga imkon
beradi. Masalan, krol yoki brass bilan suzishda qulochlab eshish-ning butun amplitudasi bo‘yicha. Bu mushaklarning butun harakat davomida oqilona yuklama bilan ishlashiga imkon beradi.
Izokinetik usulda zamonaviy trenajerlarda bajariladigan kuch mashqlari bo‘g‘imlarning harakat tezligini 1 sekundda 0 dan 200 tagacha o‘zgartirish imkonini beradi. SHuning uchun bu usul kuch qobiliyatlarining har xil turlarini - «sust», «tez», «portlash» kuchini rivojlantirish uchun ishlatiladi. Usul suzish, engil atletika, sport o‘yinlarida - oyoq va qo‘llar bilan zarbalar, koptok irg‘itish va shu kabilarda kuch tayyorgarligi jarayonida keng qo‘lla-niladi. Mazkur usuldan foydalanilganda badan qizdirish mashq-lari shart emas va shu bilan og‘irliklar yordamidagi mashg‘ulotlar-dan farqlanadi.
Mashqlarni bajarish vaqtida odam o‘zining natijalarini monitor yoki boshqa vosita orqali ko‘rib turadi, shu asnoda o‘zi bilan o‘zi yoki boshqa shaxslar bilan bellashishi mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin