O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan


Tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə55/145
tarix02.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#123483
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   145
O‘zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘z

Tovush va yorug‘lik signalizatsiyasi
Tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi harakatning boshlanishi va tugallanishi uchun eshitish va ko‘rishning zaruriy mo‘ljalini vujudga keltiradi. U harakatlar yo‘nalishi amplitudasining muayyan ritm va tezlik darajasini tashkil qiladi.
Bayroqchalar, qoziqchalar, tuproqdagi belgilar, metronom zarbasi va h.k. kabi signallarning oddiy o‘xshash usullari, yugurish va uloqtirishning yo‘nalishi va balandligini aniqlaydi. Bajarilayotgan harakat to‘g‘risida tez axborot olish uchun elektr nishon, elektrozvukoliderlar keng tarqalmoqda.


Jismoniy tarbiyaning maxsus uslublari.
Jismoniy tarbiyada o‘qituvchidan o‘qitishning predmeti sifatida amaliy harakatlarni va maxsus mashg‘ulot o‘tkazishning muayyan uslublarini bilish, o‘quvchilardan esa ta’limning usullarini egallash talab qilinadi. O‘quvchilarni bilmaslikdan bilishga, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday etaklab borish - o‘qituvchi faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir.
Ta’lim berishning uslublari ko‘p, biroq ulardan birortasi ham universal bo‘la olmaydi. Ta’lim uslublarining tavsiflarini bilish – bu uslublar xilma-xilligi orasida to‘g‘ri yo‘l topib olishga va o‘qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish usullari, o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazishi, o‘quvchilarning o‘z ishlari – bularning hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli.
Ta’limning sharoitlari va didaktik vazifalari bilan muvofiqlikda har qaysi uslub turli usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko‘rsatish uslubining har xil usullari mavjud.
Uslubiy usul – bu ta’limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o‘rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi.
Usul aniq sharoitlarda o‘ziga muvofiq uslubni qo‘llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta’limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni echish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi. Demak, ular juda kam hollarda qo‘llaniladi. SHu bilan birga, uslubiy usullar zahirasi qancha boy bo‘lsa, uslubning qo‘llanish diapazoni shunchalik keng bo‘ladi.
Uslubiy usullar shunchalik ko‘pki, ularni biror-bir hisobga kiritib bo‘lmaydi, ulardan ba’zilari yo‘q bo‘lsa, boshqalari ko‘rinishini o‘zgartiradi, o‘qituvchining ijodi bilan yangilari yaratiladi. O‘qitish darajasidagi farq aynan uslubiy usullarning har xil hajmi bilan tushuntiriladi.
Ta’lim jarayoni ikki tomonlama: o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. SHuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan ta’lim uslubi ham, binobarin, uning uslubiy usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o‘qituvchi tushuntiradi, ko‘rsatadi, buyruq beradi va h.k., o‘quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi), balki o‘qituvchining etakchilik roli va boshqarib borishida o‘quvchilar bilan har doim o‘zaro bog‘liqlikni talab etadi.
Biroq bu aloqa birinchi qarashda tuyulganidan ko‘ra xiyla murakkabdir. Tashqi belgilari bo‘yicha o‘quvchining harakati, odatdagidek, o‘qituvchining talablariga aynan o‘xshashdir. O‘qituvchi mashqni tushuntiradi va ko‘rsatadi, o‘quvchi uni bajarishga intiladi. Ammo o‘quvchining harakatlarida kuzatuvchining nigohidan yashirin yana bir tomoni bor. Bu ta’limga undovchi motiv, bilish faolligining darajasi, o‘quvchilar eshitgan axborotni o‘zlashtirish jarayonidir. Bu barcha ruhiy jarayonlarning tahlili uchun haddan tashqari murakkab, chunki o‘quvchining ayni bir xil kuzatiladigan harakati har xil sifat asosiga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, ikki o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatgan harakatni bir xil esda olib qoladi. Binobarin, ayni bir xil uslubdan foydalanish vaqtida o‘quv materialini o‘zlashtirishda ba’zi bir variativlik har doim mavjud. O‘qituvchi buni hech qachon unutmasligi kerak.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin