Sizning, 2023-yil 12-yanvardagi № 01/00-02/10-239-sonli xatingiz Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyundagi “Sirdaryo viloyatida biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 545-son qaroriga asosan “Sirdaryo Biznes-akselerator”
oʻquv-amaliy markazi tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq ish faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida “Sirdaryo Biznes-akselerator”oʻquv-amaliy markazi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi muassisligida “Sirdaryo Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda - Markaz) shaklida qayta tashkil etilgan.
Budjet tashkilotidan farqli ravishda, Markaz soliq idorasi tomonidan har yillik yer va mol-mulk soligʻi hamda boshqa soliq turlarini to‘lovlarini toʻlash majburiyatlaridan ozod qilinmagan.
Ma’lumot o‘rnida: 2023-yil uchun mol-mulk soligʻi uchun 45,4 mln soʻm hamda yer soligʻi uchun 16,7 mln soʻm, jami 62,1 mln soʻm soliq hisoblangan. Bundan tashqari, Markaz binosini saqlash uchun texnik xodimlarga hisoblangan oylik ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari, kommunal to‘lovlar, bino-inshootning amortizatsiya xarajatlari va boshqa to‘lovlari mavjud. Shu munosabat bilan, Sizga Markaz binosini yuqorida keltirib o‘tilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda qonunda belgilangan tartibda ijara shartnomasi tuzish orqali foydalanish maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.
Direktor O. To‘ychiyev