O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə34/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

3. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari
Yangilangan Asosiy Qonunimizning 54-moddasida “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi”. O‘zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, fuqaro sifatida qonun oldida huquqan tengdir. Fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab yetishlari uchun ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab berish galdagi vazifalardan biridir. Bu jarayon fuqarolar uchun ma’naviy kamolot manbai bo‘lishi bilan birga, ta’lim-tarbiya tizimi uchun ham doimiy amaliy faoliyatdir.
Yangilangan Konstitutsiyaning 55-moddasi. “Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlangan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining, ular mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har kim buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi Qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqishi huquqi kafolatlanadi.
Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega”.
Asosiy Qonunning 56-moddasi. “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi.
Davlat inson huquqlarii bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi” deb tahrir qilingan.
Bugungi dunyoda nogironligi borlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash davlatning ijtimoiy yo‘naltirilganligi ko‘rsatkichidir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining Yangi Konstitutsiyada ham davlatning asosiy qadriyati inson ekanini ko‘rish mumkin. Xususan, 57-moddada “nogiron” degan so‘zni uchratamiz. Ya’ni ushbu moddada mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda davlat himoyasida ekani belgilab qo‘yildi.




Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin