O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə1/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)


  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari

  2. O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarining mazmuni va mohiyati

  3. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

  4. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

  5. Jamiyat va shaxs

  6. Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi

  7. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti.

  8. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

  9. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Saylov tizimi. Sud hokimiyati. Advokatura. Prokuratura. Moliya, pul va bank tizimi. Mudofaa va xavfsizlik.

  10. Konstitutsiyani o‘zgartirish tartibi.




  1. Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari.

Reja:
1. Konstitutsiya tushunchasi, konstitutsiyalar tarixi.
2. Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari va funksiyalari.
3. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilish tarixi.
4. O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasining ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, falsafiy mohiyati.
5. Yangilanayotgan Konstitutsiya ijtimoy-huquqiy ehtiyoj mevasi.
Konstitutsiya so‘zi (lot. Constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradigan asosiy oliy huquqiy hujjatdir. Konstitutsiya har qanday dunyoviy, demokratik davlatdagi barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini paydo bo‘lishi, insoniyat tarixining uzoq davrlariga borib taqaladi. Ularni aksariyati ilohiy, ya’ni, teologik xususiyatlari bilan alohida xususiyatga ega. Qadimgi davrlarda hukmdorlar o‘z hokimiyatlarini ilohiylashtirganligi tarixdan ko‘plab misollar ayyondir. Xususan, Misr fir’avnlari, Xitoy hukmdorlari va boshqa tamaddun o‘choqlarida paydo bo‘lgan ilk davlatlarda shunday jihatlarni bo‘lganligini aytib o‘tish mumkin. Bu davr hukmdorlarining aksariyati o‘zlarini Xudo deb e’lon qilgan bo‘lsalar, keyinchalik, o‘z hukmdorligi va hukmlarini Allohni nomidan deb, ishontirishgan. Bu jihat, musulmon Sharqida, shar’iy asosdagi ijtimoiy munosabatlarda ham to‘liq targ‘ib qilingan. E’tiborli jihati, bunday xususiyatlar hozirgacha ayrim davlatlarda saqlanib kelmoqda.
Dunyoviy asosdagi tarixiy-huquqiy manbalarga esa “Xammurapi kodeksi”, Ur-Nammu kodeksi”,Feodosiya kodeksi”, “Solon qonunlar”, “Drakont qonuni”, “Xett kodeksi”, “Asteklarda o‘lim jazosi”, “Mesopotamiya qonunlari”ni misol qilish mumkin1.
Bulardan shunday xulosa qilish mumkinki, har bir davrdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlar darajasi, shu davr aholisi tafakkur tarzi, ijtimoiy-falsafiy tafakkuriga mutanosib bo‘lgan. Bu yerda falsafiy jihatdan qaraganda, insonni, insoniyatni ijtimoiy ehtiyojlari juda cheksiz ekanligi, har bir qabul qilingan qaror va uni amaliyotda qo‘llanishi aynan ana shu ehtiyoj, zaruriyat farzandi deyish to‘g‘ri bo‘lardi.
O‘zbekiston zaminida ham tarixni turli davrlarida ijtimoiy-siyosiy-huquqiy munosabatlar zamon zayli va ijtimoiy-maishiy, e’tiqodiy-mafkuraviy holatdan kelib chiqib o‘zgarib, takomillashib kelgan.
Masalan, Temur Tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari, xususan musulmon xalqlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda O‘rta Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.
Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni o‘rganish, xalqaro hujjatlar qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik an’analardan kelib chiqish natijasida yaratilgan va 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jahon andozalariga mos bo‘lib, xalqaro talablarga javob beradi2.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin