O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilish tarixi



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə6/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

3. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilish tarixi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini yaratilish tarixi, mamlakatni o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritish jarayonlari bilan uzviy va ajralmas jarayonlar bilan bog‘liqdir.
Avvalambor, jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, munosabatlarga asos sifatida xizmat qilgan huquqiy hujjatlar insoniyat tarixining turli davrlarida o‘z davriga xos tarzda dunyoning boshqa tamaddun o‘choqlarida bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo mintaqasida ham o‘ziga xos murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan.
Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta tarixiy huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim.
Birinchi huquqiy qadam – 1989 yilning 21 oktyabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.
Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktyabr kuni qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.
Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalar endilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qo‘yildi:
Ikkinchi huquqiy qadam – Prezidentlik instituti ta’sis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liq.
Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 1990 yilning mart oyida bo‘lib o‘tganini eslash joiz. O‘shanda, ya’ni Mustaqilligimiz e’lon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin