O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarning huquqlari davlat himoyasidadir



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə35/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etish uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralar ko‘radi.
Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoiptlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi. 57-modda.

Qolaversa, davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’ektlari hamda xizmatlaridan to‘laqonli foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashishi, zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlashi kafolatlanib qo‘yildi.


E’tirof etish kerakki, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda bu boradagi global o‘zgarishlarni ajratib ko‘rsatishga arziydigan ishlar bajarilmoqda. Bular BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi ratifikatsiya qilingani, muhim siyosiy jarayonlarda byuletenlar Brayl alifbosida tayyorlanayotgani, saylov uchastkalari yaqinda panduslar tashkil etilgani nogironligi bo‘lgan shaxslar ham mamlakat hayotida faol qatnashish huquqini amalda ta’minlayapti28. Qolaversa, Yangi Asosiy Qonunimizda “nogironligi bo‘lgan shaxs” degan ibora ham xalqaro andozaga to‘la mos keladi.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi. Mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqligi nafaqat qonunlarimizda, balki Bosh Qomusimiz, Konstitutsiyamizning 58-moddasidan ham mustahkamlab qo‘yildi. Rahbar lavozimlarini egallash uchun teng imkoniyatlar yaratish, homilador bo‘lishi yoki yosh bolali ekanligini ro‘kach qilib ayollarpni ishga qabul qilmaslik kabi holatlarga Yangi Konstitutsiyamiz orqali chek qo‘yildi.

Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi. 58-modda.

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabat butunlay o‘zgardi. O‘zbekiston tarixida ilk marta parlamentimizda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga, ya’ni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Xotin-qizlarning siyosiy partiyalardagi ulushi 47 foiz, tadbirkorlikda esa 37 foizga yetdi.


2022/2023 o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning shartnoma pullari to‘liq byudjetdan qoplana boshladi. Har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi29. Har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning shartnoma pullari mahalliy byudjetdan to‘lab berildi.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin