O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə63/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

103-modda. Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u oʻz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari ijtimoiy hayotning muhim jabhalari, muayyan ixtisosliklariga koʻra tashkil etiladi. Tashkil etilgan qoʻmita oʻz istisosligi, oʻz sohasiga tegishli masalalarni mutaxassislar sifatida xal etadilar. Qonunchilik palatasida qoʻmitalarni tashkil etish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida oʻz ifodasini topgan boʻlib, unga asosan: Qonunchilik palatasi tomonidan uning deputatlari orasidan palataning vakolatlari muddatiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi. Qonunchilik palatasi Spikeri va uning oʻrinbosarlari Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, oʻntadan oshmasligi kerak. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiyaga yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovozini olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qarori bilan belgilanadi. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish yuzasidan takliflarni deputatlar birlashmalarining rahbarlari oʻzaro kelishgan holda kiritadilar. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi. Qonunchilik palatasi qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek, qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi qarorlar qabul qiladi.
Xuddi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida qoʻmitalar tashkil etiladi. Senat qoʻmitalarini tashkil etish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 7-moddasida koʻrsatilgan. Unga asosan, Senat tomonidan senatorlar orasidan palataning vakolatlari muddatiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi. Senat Raisi va uning oʻrinbosarlari Senatning qoʻmitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Senatda reglament, byudjet va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari, tashkiliy-maʼmuriy masalalar, qonunchilik va sud-huquq masalalari, mudofaa va xavfsizlik masalalari, tashqi siyosat masalalari qoʻmitalari tuzilishi shart. Senatda boshqa qoʻmitalar ham tuzilishi mumkin. Senat qoʻmitalarining umumiy soni, qoida tariqasida, sakkiztadan oshmasligi kerak.
Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari palata majlisida Senat Raisining taqdimiga binoan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi. Senat qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek, qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Senat qarorlar qabul qiladi.
Bugungi kunda yuqori palata – Senatda ham Qonunchilik palatasidagi kabi oltita qoʻmita oʻz faoliyatini yuritmoqda. Senat tarkibidagi qoʻmitalar muayyan ixtisosliklar boʻyicha tashkil etilgan. Qoʻmitalarning asosiy vazifasi – oʻz sohalariga tegishli qonunlarni qabul qilish, umumdavlat miqyosida oʻz ixtisosliklari yoʻnalishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirish, oʻz yoʻnalishida parlament nazoratini amalga oshirish va boshqa funksiyalar hisoblanadi.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatida qoʻmitalarni tashkil etishdan maqsad ijtimoiy hayotning barcha sohalarini bir maromda rivojlanishini taʼminlash orqali mamlakatda farovon turmush sharoitini joriy etishdir.
Qoʻmitalar raislari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlariga tegishli qoʻmitalar faoliyatini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish maqsadida saylanadi. Qoʻmita majlislarini qoʻmita raisi boshqaradi. Qoʻmita raisi oʻz faoliyatini amalga oshira olmaydigan holatlarda ularning ishini qoʻmita raisi oʻrinbosarlari bajarib turadilar.
Qonunchilik palatasi va Senat, zarurat boʻlgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
Komissiyalar, Qonunchilik palatasi va Senatning oʻz majlislarida deputatlar va senatorlar orasidan, komissiya raisi va aʼzolari, zarurat boʻlganda esa, komissiya raisining oʻrinbosarlaridan iborat tarkibda tuziladi. Har ikki palata komissiya tuzilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan soʻng, qaysi muddatga tuzilgan boʻlsa, shu muddat oʻtganidan keyin yoki qaysi palata tomonidan tuzilgan boʻlsa, oʻsha palataning qaroriga asosan muddatidan ilgari oʻz faoliyatini tugatishi mumkin.
Bunday komissiyalarga misol sifatida, mamlakatimizda 2005-yilning 13-14-may kunlari Andijon viloyatida sodir etilgan mudhish voqealar tafsilotini oʻrganish, baholash maqsadida Qonunchilik palatasi tomonidan tuzilgan komissiyani eslash mumkin. Mazkur komissiya terrorchilik harakatlari yuzasidan voqealar sodir boʻlgan joylarda tekshiruv, suhbatlar, kuzatishlar tashkil etdi. Tekshiruv natijasida voqealar tafsilotiga oid maʼlumotlar toʻplandi va amalga oshirilgan qoʻporuvchilik harakatlariga xolis baho berildi, jamoatchilikka maʼlum qilindi.
104-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati aʼzolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolari oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
1. Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senat aʼzolariga ularning deputatlik va senatorlik faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni belgilash tartibi qonunlarda oʻz ifodasini topgan. Unga asosan, Oliy Majlisning har ikki palatasi faoliyatini moliyalashtirish davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasi Quyi palatada Spiker tomonidan, Yuqori palatada Senat Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati aʼzolarining quyidagi vakolatlari oʻz ifodasini topgan.
Ularga ish faoliyatlari bilan bogʻliq harajatlar uchun har oyda eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydigan mablagʻ toʻlanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senati aʼzolariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining binosida idora mebeli, zaruriy texnika vositalari va devonxona ashyolari bilan jihozlangan alohida xizmat xonasi (yoki xizmat xonasida ish joyi) beriladi.
Ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo, temir yoʻl, avtomobil yoʻlovchilar transportida (taksi va shahar yoʻlovchilar transporti bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadilar. Shu bilan birga, ular aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalar uchun moʻljallangan zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega. Ular oʻz guvohnomalarini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiya agentligi yoki aeroportlar ularga poyezdning yotoqli yoki yumshoq oʻrindiqli vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart48.
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolariga, agar ular Toshkent shahrida turar-joyga ega boʻlmasa, bergan arizalariga binoan vakolatlari amal qiladigan muddatga oila aʼzolari bilan yashash uchun Toshkent shahrida xizmat turar joyi beriladi49.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolari oʻz faoliyatlari davomida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanmasliklari lozim.
Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlari tarkibiga kirganligi bois, ushbu huquqdan foydalanish Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolariga ham tegishli. Ular oʻz faoliyatlari davomida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
3. Qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
Deputat daxlsizligi huquqi jinoiy va maʼmuriy qonunchilik sohasiga tadbiq etiladi. Buning asosiy mazmuni deputatning biror faoliyati davlat organlariga yoqmasa, uni ushbu organlarning taʼqibidan himoyalashdan iborat. Xalq saylab qoʻygan shaxs sifatida deputat alohida muhofaza qilinadi.
Oliy Majlis mustaqil faoliyat koʻrsatishining muhim kafolati – Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolarining daxlsizligidir. Uning asosiy mazmuni oliy vakillik organi aʼzolarini asossiz jinoiy taʼqibdan ozod qilishdir. Bu ularni davlat organlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bir meʼyorda ishlashiga toʻsqinlik qilish yoki cheklash, asossiz taʼqibdan himoya qilish imkonini beradi.
Deputatlarning daxlsizlik koʻlami quyidagilardan iborat. Ular:
hibsga olinishi;
ushlanishi;
olib keltirilishi;
shaxsiy koʻzdan kechirilishi mumkin emas.
Ushbu daxlsizlik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolarining uy-joyi, shaxsiy va xizmat transporti, shuningdek, ularga tegishli buyumlarga ham tatbiq etiladi.
Qonunchilik palatasi deputatini javobgarlikka tortish masalasi aynan shu palataning roziligi bilan, senatorni javobgarlikka tortish esa, Senat ruxsati bilan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi va jinoiy ish Bosh prokuror tomonidan qoʻzgʻatiladi.



Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin