O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida



Yüklə 16,69 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü16,69 Kb.
#190986
06.12.2023 эълон заковат


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida” 2023-yil 16-noyabrdagi F-72- son farmoyishida amalga oshirilishi belgilangan chora-tadbir rejasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligini 31 yilligi munosabati bilan institut talaba-yoshlari o’rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvining institut final bosqichi tashkil etildi.
Zakovat” intellektual bellashuvi institut final bosqichida Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri S.Otamuratov, professor O.Rashidov, “Zakovat” intellektual klubi koordinatori, dotsenti K.Mahmudov, o‘qituvchi S.Shoimov, “Zakovat” nodavlat va notijaroat tashkilotining doimiy a’zosi, Magistratura va kechki ta’lim fakulteti magistranti S.Aminov hamda “Zakovat” intellektual bellashuvida fakultetlarda qatnashgan jamoalari mas’ullari ishtirok etishdi.
Zakovat” intellektual bellashuvning institut final bosqichida “Soliqlar va sug‘urta” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Soliqchi” jamoasi, “Moliya” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Moliyachi” jamoasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti a’zolari, fakultet talaba-yoshlar kengashi yoshlar yetakchilaridan tashkil topgan “Prezidentlar” jamoasi, “Iqtisodiyot” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Feniks” jamoasi, “Bank ishi” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Bankerlar” jamoasi, TMI-PGU qo‘shma fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Liderlar” jamoasi, “Sirtqi” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Iqtisodchilar” jamoasi, “Magistratura va kechki ta’lim” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Aristokratlar” jamoalari, Toshkent moliya institutining “Moliyachi” terma jamoasi va “Budjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Ledends” jamoasilari faol ishtirok etishdi.
“Zakovat” intellektual bellashuvning institut final bosqichida Toshkent moliya institutining “Moliyachi” terma jamoasi 1-o‘rinni, “Budjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Ledends” jamoasi 2-o‘rinni, “Soliqlar va sug‘urta” fakultetining talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Soliqchi” jamoasi 3-o‘rinni egallashdi.
Zakovat” intellektual bellashuvining institut final bosqichi qiziqarli, baxs munozaraga boy va sermazmun bo‘lib o‘tdi.
Yüklə 16,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin