40
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik
organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati
tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida
oʻtkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari
saylov oʻtkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston
Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
Senati
aʼzolari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma
majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan soʻng bir oy ichida ular orasidan
yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish
huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi
mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan
toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida ikkidan ortiq davlat
hokimiyati vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas. Saylov oʻtkazish
tartibi qonun bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: