XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik
152-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasining
davlat suverenitetini
va hududiy yaxlitligini,
aholining tinch hayoti va
xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
153-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xavfsizligini taʼminlash
uchun yetarli
darajada Qurolli Kuchlariga ega.
OLTINCHI BOʻLIM.
KONSTITUTSIYANI OʻZGARTIRISH TARTIBI
154-modda.
Oʻzbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
oʻzgartirish
va
qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari
umumiy sonining kamida
uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan
konstitutsiyaviy qonun yoki
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu
modda ikkinchi qismining
qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
oʻzgartirish
va
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini,
shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
nazarda tutilishi mumkin.
155-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti
oy mobaynida Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun
qabul qilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi