Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Yangi Konstitutsiya

XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik
152-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oʻzbekiston Respublikasining 
davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va 
xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
153-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli 
darajada Qurolli Kuchlariga ega.
OLTINCHI BOʻLIM.
KONSTITUTSIYANI OʻZGARTIRISH TARTIBI
154-modda. 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga 
oʻzgartirish 
va 
qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 
uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan
konstitutsiyaviy qonun yoki
Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining 
qoidalari qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga 
oʻzgartirish 
va 
qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, 
shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 
nazarda tutilishi mumkin.
 
155-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti 
oy mobaynida Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 
keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun 
qabul qilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 


48
Konstitutsiyani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil oʻtgandan 
keyingina qayta kiritilishi mumkin”.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin