3
hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof
hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boʻladi.
8-modda.
Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining
fuqarolari tashkil etadi.
9-modda.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga
taqdim etiladi, umumxalq ovoziga – referendumga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida referendum oʻtkazish tartibi qonun bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: