16
Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishicha egalik qiladi,
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga
zarar yetkazmasligi,
boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini
hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
67-modda.
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har
qanday faoliyatni amalga
oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi,
tovarlar,
xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarning erkin harakatlanishi
kafolatlanadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
68-modda.
Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa
tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular
davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni
va uni
umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va
tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: