Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Yangi Konstitutsiya

XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari
69-modda. 
Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va 
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish 
organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga 
oshiriladi.
70-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar
olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi 
boʻlgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda 
fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi.
 
Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki 
cheklab qoʻyish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
71-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib 
qoʻyuvchi, Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va 
xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy


17
adovatni targʻib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va 
erkinliklariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy 
partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va 
diniy belgilariga koʻra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning 
tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
72-modda. 
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish 
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari 
faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat 
organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
73-modda. 
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va 
manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga aʼzo 
boʻlish ixtiyoriydir.
74-modda. 
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini 
ifodalaydilar va oʻzlarining demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyilgan vakillari orqali 
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatining 
moliyalashtirilishi manbalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda 
oshkora hisobotlar taqdim etadilar.
75-modda. 
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. 
Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan diniy 
tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin