Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


-modda.  Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi  hududida ham majburiydir



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Yangi Konstitutsiya

87-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
hududida ham majburiydir.
 


20
88-modda. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz 
oʻzgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻz 
maʼmuriyhududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.
 
89-modda. 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib 
chiqish huquqiga ega.
90-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzaro 
munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan 
shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi 
nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
 
BESHINCHI BOʻLIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TASHKIL 
ETILISHI 
XVIII bob. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
91-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi 
boʻlib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik 
palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
vakolat muddati – besh yil.
92-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga 
muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi 
boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat.
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Senati 
aʼzolari 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va 
shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma 
majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda 


21
– toʻrt kishidan saylanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 
toʻqqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat 
va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan 
hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston 
Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi deputati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
aʼzosi boʻlishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar qonun 
bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati 
bir vaqtning oʻzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, 
viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati 
boʻlishi mumkin emas.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin