19
Davlat ommaviy axborot vositalari
faoliyatining erkinligini, ularning
axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari
amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi
uchun javobgardir.
82-modda.
Senzuraga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik
qilish yoki
aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
TOʻRTINCHI BOʻLIM. MAʼMURIY-HUDUDIY VA DAVLAT
TUZILISHI
XVI bob. Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi
83-modda.
Oʻzbekiston
Respublikasi viloyatlar, tumanlar,
shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
84-modda.
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi,
viloyatlar,
Toshkent
shahrining
chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish
va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga
oshiriladi.
XVII bob. Qoraqalpogʻiston Respublikasi
85-modda.
Suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi
tarkibiga kiradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining suvereniteti Oʻzbekiston Respublikasi
tomonidan muhofaza etiladi.
86-modda.
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
oʻz
Konstitutsiyasiga ega.
Qoraqalpogʻiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga zid boʻlishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: