29
qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan
Senat qaroriga binoan
muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1)
Senat majlislarini chaqiradi, ularda
raislik qiladi;
2)
Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy
rahbarlik qiladi;
3)
Senat qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini
muvofiqlashtirib
boradi;
4)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi
ustidan nazoratni tashkil etadi;
5)
parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik
qiladi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi,
boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro
munosabatlarda Senat nomidan ish koʻradi;
7)
Senat qarorlarini imzolaydi;
8)
ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati Raisi farmoyishlar
chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: