33
19)
alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni
koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim
joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi.
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va
lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21)
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan
mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini
beradi;
22)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana
berishga oid masalalarni hal etadi;
23)
amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Oʻzbekiston
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik
kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, oʻz vakolatlari amalga oshirilishini
taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini,
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash
organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
25)
ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
Dostları ilə paylaş: