36
Prezidentining qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini davom ettirib turadi.
117-
modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
1)
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi,
uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar boʻladi;
2)
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini
imzolaydi;
3)
xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi nomidan ish koʻradi;
4)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa
vazifalarni bajaradi.
118-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari
saylangandan va organlari
shakllangandan soʻng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan
keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga
chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va
maʼqullashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy
partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng
taqdim
etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn
kun ichida koʻrib chiqadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda Vazirlar
Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan
harakat
dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan
koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan
taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Bosh vazirni tayinlaydi va
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib
yuborishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari ularning
nomzodlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi
tomonidan maʼqullanganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, Oʻzbekiston
37
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki aʼzosini isteʼfoga
chiqarishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining oʻz faoliyatiga oid
masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi aʼzosining
hisobotini eshitish yakunlariga koʻra Qonunchilik palatasi uni isteʼfoga chiqarish
toʻgʻrisidagi taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun
kiritishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari parlament
soʻrovlariga va Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovlariga
qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi
qonun bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: