27
Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan
oltmish kun ichida koʻrib chiqiladi va maʼqullangan taqdirda, imzolanishi va eʼlon
qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻn kundan kechiktirmay
yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni
maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa,
Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi
va eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan
qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga
qaytariladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad
etilgan qonunni qayta koʻrib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana
maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan
qonun
yuzasidan
Qonunchilik
palatasi
va
Senat
yuzaga
kelgan
kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va
Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda
koʻrib chiqilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan
maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun
ichida imzolanishi va eʼlon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinishi ular
qoʻllanilishining majburiy shartidir.
Dostları ilə paylaş: