Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


-modda.  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining  birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Yangi Konstitutsiya

93-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
 
1)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga 
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
2)
Oʻzbekiston
Respublikasining konstitutsiyaviy 
qonunlarini,
qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
3)
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4)
Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va 
uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5)
Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi
siyosatining
asosiy
yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud 
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7)
Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul 
qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi 
qarorlarni tasdiqlash;
8)
bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish; 
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan 


22
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish, unga oʻzgartirish va 
qoʻshimchalar kiritish;
10)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori
miqdorini belgilash;
11)
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
12)
Oʻzbekiston
Respublikasining maʼmuriy-hududiy
tuzilishi
masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
13)
tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, 
ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;
14)
davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
15)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini
tuzish;
16)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
boʻyicha vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;
 
17)
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
Oʻzbekiston 
Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish 
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda 
urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
18)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman 
safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini
uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
19)
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish;
 
20)
parlament tekshiruvini oʻtkazish;
21)
ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida 
tariqasida, avval Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasida, soʻngra Senatida koʻrib chiqiladi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin