13
Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir.
Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan
bolalar
uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.
51-modda.
Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy
maʼlumot olishga haqli.
Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi
boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega.
52-modda.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchining
mehnati jamiyat va davlatni
rivojlantirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash,
xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash
hamda boyitishning asosi
sifatida eʼtirof etiladi.
Davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning
ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik
qiladi.
Dostları ilə paylaş: