9
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi
mumkin emas.
Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qoʻyishni va koʻzdan
kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl
qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning
qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
32-modda.
Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har
kim mamlakat boʻylab
erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash
huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.
Har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega,
bundan
qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi
Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: