Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Yangi Konstitutsiya

 
21-modda. 


6
Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga 
uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin 
emas.
Inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, 
jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur 
yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni, boshqa 
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda 
jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkin.
VI bob. Fuqarolik
22-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona 
fuqarolik oʻrnatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega 
boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan 
belgilanadi.
23-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz 
fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga majburiy chiqarib 
yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish 
hamda rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq gʻamxoʻrlik 
qiladi.
24-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi 
boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq 
taʼminlanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va 
xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin