Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Yangi Konstitutsiya

IV bob. Tashqi siyosat
17-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli 
subyektidir.
Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, 
davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro 
huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi. 
18modda. 


5
Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va 
koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan 
tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning 
farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, 
hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan 
chiqishi mumkin.
IKKINCHI BOʻLIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY
HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI 
V bob. Umumiy qoidalar
19-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro 
huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga 
muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga 
tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.
 
Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy 
mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat 
prinsiplariga mos boʻlishi shart.
20-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro 
huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir.
 
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va 
erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni 
cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va 
erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish 
organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini 
belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir 
choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan 
maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.
Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan 
qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin