Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Yangi Konstitutsiya

XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi
147-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining yagona moliya, pul va bank tizimiga 
ega.
148-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir. 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish 
tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshiradi.
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet 
jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.
149-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal 
qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga 
tegishlidir.
150-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi 
soʻmdir.
Soʻm Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan 
qonuniy toʻlov vositasidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining 
hududida qonuniy toʻlov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda 
va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.
151-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasi 
Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini 
ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.


47
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini 
tartibga solishni amalga oshiradi, bank va toʻlov tizimlarining barqaror faoliyat 
koʻrsatishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vazifalarini bajarishda 
mustaqildir.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish 
tartibi qonun bilan belgilanadi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin