tartibi qonun
bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
132-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ishlarni
koʻradi.
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga
binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vakilini qoʻshgan holda
saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik
muddatga saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi oʻz tarkibidan Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning oʻrinbosarini besh yillik
muddatga saylaydi.
133-modda. Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi:
42
1)
Oʻzbekiston
Respublikasi
qonunlarining
va
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat
hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo
shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
2)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga
qadar – Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya
qilish
toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar – Oʻzbekiston
Respublikasi
xalqaro
shartnomalarining
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
3)
referendumga
chiqarilayotgan masalalarning
Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
4)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga,
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida
xulosa beradi;
5)
Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi
va
qonunlari
normalariga sharh beradi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi
lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan
murojaatini koʻrib chiqadi;
7)
konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish
natijalari yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy
qonuniylikning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
8)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan
berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa
barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda koʻrib chiqilishi
tugallangan muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan
qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran
kuchga kiradi.
43
Konstitutsiyaviy sudning qarori qatʼiy va uning ustidan shikoyat qilinishi
mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan
belgilanadi.